Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qo'yilgan sanksiyalarni bekor qilmaydi

  • Amerika Ovozi

Yevropa Ittifoqi Prezidenti Donald Tuskning aytishicha, 28 davlat a'zo ittifoq Moskvani siquvga olishda, Ukraidagi ayirmachilarni qo'llab-quvvatlashni bas qilishni talab etishda davom etadi.

Yevropa Ittifoqi Prezidenti Donald Tuskning aytishicha, 28 davlat a'zo ittifoq Moskvani siquvga olishda, Ukraidagi ayirmachilarni qo'llab-quvvatlashni bas qilishni talab etishda davom etadi.

Yevropa Ittifoqi rahbarlari Bryusselda ko'rishar ekan, Rossiyaga qo'yilgan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilmoqchi emas.

Avval Ukraina sharqida o'tgan oy erishilgan sulh butunlay kuchga kirishi kerak, deydi ular.

Yevropa Ittifoqi Prezidenti Donald Tusk payshanba kuni shunday bayonot berdi.

28 davlat a'zo ittifoq Moskvani siquvga olishda, Ukraidagi ayirmachilarni qo'llab-quvvatlashni bas qilishni talab etishda davom etadi.

11 oydan beri tinmayotgan mojaro shu paytgacha olti mingdan oshiq odamni hayotdan olib ketgan.

Moskva isyonchilarga bevosita yordam berayotganini rad etadi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov esa AQShni Ukraina sharqidagi sulhni buzayotganlikda ayblamoqda. Lavrov Qo'shma Shtatlar Ukraina armiyasiga harbiy yordam masalasini ko'rib chiqayotganiga ishora qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG