Breaking News

Yevropa Ittifoqi O'zbekiston bilan qattiqroq va ochiqroq gaplashsin, deydi huquq himoyachilari


O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Bryusseldagi elchi Vladimir Norov, 17-mart, 2014
O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Bryusseldagi elchi Vladimir Norov, 17-mart, 2014
Yevropa Ittifoqi-O’zbekiston hamkorlik kengashining navbatdagi yig’ilishi yakunlandi. Bryusseldagi anjumanda O'zbekiston tomon inson huquqlari bo'yicha ochiq muloqot yuritishga tayyor ekanini bildirgan.

Yevropa Ittifoqi O’zbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga a'zo bo'lib kirish rejasini quvvatlamoqda.

Inson huquqlari bo’yicha xalqaro hamkorlik tashkilotiga (IPHR) ko’ra, Yevropa parlamenti O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan muzokaralarda huquqqa alohida urg’u berishi kerak.

Qamoqxonalardagi qiynoqlar, muxolifatga nisbatan bosim, so’z va fikr erkinligini ezishni to’xtatishga chaqiring, deyiladi tashkilot ochiq xatida.

Muammoni faqat yopiq eshiklar ortida tilga olmay, omma oldida ham ko’taring, deya undovchi maktubga Parijda asoslangan “O’tyuraklar klubi” rahbari, taniqli huquq himoyachisi Mo’tabar Tojiboyeva ham imzo chekkan.

Yevropa Ittifoqi - O'zbekiston - Huquq - Malik Mansur
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:36 0:00
Yuklab oling

Yevropa Ittifoqiga ko'ra, kengash siyosiy islohotlar, qonun ustuvorligi, inson huquqlari hamda savdo va mintaqaviy xavsizlikka doir masalalarni muhokama qilgan.

Bryusselning umidi shuki, Toshkent Tojikistonda o'tishi kutilayotgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” xavfsizlik muloqotida qatnashadi.

O'zbekiston inson huquqlari bo'yicha ochiq muloqotga tayyor ekanini eshitgan Yevropa rasmiylari buni progress deya baholamoqda.

Ular nazarida Toshkent milliy dastur ishlab chiqishi lozim. Shuningdek, deydi Yevropa diplomatlari, O'zbekiston majburiy mehnatga chek qo’yish uchun Xalqaro Mehnat Tashkiloti bilan hamkorlikni rivojlantirishi kerak.

Yevropa Ittifoqi O'zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarni kengaytirib, uning Jahon Savdo Tashkilotiga kirish maqsadini quvvatlaydi.

Lekin tomonlar bu va’dalarida qanchalik turadi? Xususan, O’zbekiston hukumatiga ishonish mumkinmi?

Quruq va’dalardan to’ygan huquq himoyachilari Toshkent pozitsiyasi o’zgarmaydi degan xavotirda.

Kengash yuzasidan “Jahon” agentligi tarqatgan bayonotda inson huquqlari masalasi haqida hech narsa deyilmaydi. Bu borada gaplashilgani ham qayd etilmaydi.

O'zbekiston delegatsiyasi, Bryussel, 17-mart, 2014
O'zbekiston delegatsiyasi, Bryussel, 17-mart, 2014
Yevropa Ittifoqi rasmiylari, Bryussel, 17-mart, 2014
Yevropa Ittifoqi rasmiylari, Bryussel, 17-mart, 2014
Toshkent Bryussel bilan ochiq muloqotga tayyor ekanini aytmoqda lekin O'zbekistonda bu borada hech gap yo'q
Toshkent Bryussel bilan ochiq muloqotga tayyor ekanini aytmoqda lekin O'zbekistonda bu borada hech gap yo'q
Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga oid yaxlit strategiyasidan tashqari mintaqa davlatlari bilan kengash doirasida ham hamkorlik olib boradi. Inson huquqlari hamisha nozik mavzu.

Yevropa Ittifoqi 2005-yildagi Andijon fojiasidan keyin Toshkentga nisbatan qo’ygan sanksiyalarini bekor qilgani huquq faollari nazarida katta xato bo’lgan.

Blok xalqaro huquq tashkilotlari bosimi ostida. O'zbekiston prezidentining Chexiyaga fevral oyida rejalashtirilgan safari keskin chaqiriq va tanqidlar sabab qoldirildi.

“Bunday rejimlar bilan muloqot qilish demokratiya tushunchasi qadrini keskin pasaytiradi. Shuning uchun ham Karimovning Chexiyaga kelishiga qarshi chiqqan odamlardan biri men edim", - deydi ko’zga ko’ringan huquq himoyachilaridan biri Tolib Yoqubov.

Tolib Yoqubov, taniqli huquq himoyachisi
Tolib Yoqubov, taniqli huquq himoyachisi
"Men Karimovning Pragaga kelishiga yo'l qo'yish, unga katta siyosiy yutuq berishi mumkinligini aytdim. Bu norozilikda 30 dan ortiq tashkilotlar qatnashgan edi. Ularni “Human Rights Watch” birlashtirdi. Bu harakatlar natijasida Karimovning Pragaga safari qoldirildi. Bu Karimov rejimiga berilgan eng katta zarbalardan… Ammo keyingi xabarlarga qaraganda, Chexiya prezidenti Karimov tashrifi uchun yangi muddat belgilagan, u baribir keladi degan pozitsiyada. Buning sababi shuki, keyingi paytda nafaqat Yevropa Ittifoqi, balki AQSh ham Afg'oniston muammosi bois O'zbekistonga demokartik ozgarishlarga doir talab qo'yishni istashmayapti”,- deydi Yoqubov.

Yevropa Ittifoqi tashqi siyosatini belgilovchi idoraga taqdim etilgan so'nggi hisobotga ko'ra, blok huquq va demokratiya targ'iboti bobida mintaqada juda sust. Avtoritar siyosat chuqur ildiz otgan Markaziy Osiyoda Yevropa o'z qadriyatlarini qanday yoyish, islohotlarda ko'maklashish va umuman erkinlik va mas'uliyat tushunchasini singdirishda no'noqlik qilmoqda, deyiladi tahlilnomada. Unga ko'ra, mablag' oz bo'lsa-da, ajratilmoqda, ammo gap moliyada emas, siyosiy iroda yetishmasligida.

Ayni damda Bryusselda huquq himoyachilari ham yig'ilib, maslahatlashmoqda. Ochiq Jamiyat Jamg'armasi, "Human Rights Watch", "O'tyuraklar klubi", Markaziy Osiyo Inson Huquqlari Uyushmasi singari tashkilotlarning vakillari hamda boshqa faollar bir davraga to'plangan.
  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG