Rossiya, Belarus va Qozog'iston Yevrosiyo Ittifoqi bo'yicha bitim imzoladi

  • Amerika Ovozi

(O'ngdan chapga) Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ostona, Qozog'iston, 29-may, 2014-yil

(O'ngdan chapga) Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qozog'iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ostona, Qozog'iston, 29-may, 2014-yil

Rossiya, Belarus va Qozog’iston rahbarlari erkin savdo qilish va muhim iqtisodiy tashabbuslarni muvofiqlashtirish maqsadida iqtisodiy ittifoq tuzishga kelishib oldi.

Prezidentlar Vladimir Putin, Nursulton Nazarboyev va Aleksandr Lukashenko Ostonada uchrashib, shunga doir bitim imzoladi va uni tarixiy deb atadi.

Belarus rahbariga ko’ra, Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi mintaqa salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan.

"Bir necha yildan beri birgalashib Yevrosiyo integratsiyasi yo’lidan yuramiz. Otgan har bir qadamimiz mashaqqatli bo’ldi, biroq umumiy maqsadni ko’ra bildik, xalqlarimiz tinchlik va do’stlikda yashashini istadik", - dedi Lukashenko.

Bu uch davlat ayni damda Bojxona Qo’mitasiga a’zo. Ukrainadagi yangi hukumat bu jarayonda qatnashishdan bosh tortgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG