Markaziy Osiyo oldida Rossiya, Xitoydan boshqa imkoniyatlar bor


“Avval boshdan shu ma’lum ediki, Rossiya sobiq ittifoq davlatlarining mustaqilligi, suvereniteti, erkini hech qachon tan olmaydi. Gruziyada 2008-yilgi urush bunga bir misol. Qozog’iston rasmiylariga ham Moskva ogohlantirish bergan – mamlakatda rus aholi qozoqlardan keyingi eng yirik jamoa. Ular xafa qilinsa, Kreml qarab o’tirmaydi”, - deydi Stiven Blank, Amerika Tashqi siyosat kengashidan siyosiy fanlar doktori.

“Avval boshdan shu ma’lum ediki, Rossiya sobiq ittifoq davlatlarining mustaqilligi, suvereniteti, erkini hech qachon tan olmaydi. Gruziyada 2008-yilgi urush bunga bir misol. Qozog’iston rasmiylariga ham Moskva ogohlantirish bergan – mamlakatda rus aholi qozoqlardan keyingi eng yirik jamoa. Ular xafa qilinsa, Kreml qarab o’tirmaydi”, - deydi Stiven Blank, Amerika Tashqi siyosat kengashidan siyosiy fanlar doktori.

Rossiya Yevrosiyo boj ittifoqi va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti yordamida sobiq sovet davlatlarini o’z ta’sir doirasida saqlashga harakat qilib keladi. Kreml so’zi bilan aytganda, hech kim majburlanmaydi. Yosh davlatlar uchun boshqa imkoniyatlar ham bor. G’arb ularga hamkorlik va imtiyozlar taklif qilmoqda. Xitoy Markaziy Osiyoga milliardlab dollarlik sarmoya kiritmoqda. Amerika u qadar faol bo’lmasa-da, mintaqadan qadami va ko’zini uzayotgani yo’q.


Jons Xopkins Universitetida ekspertlar olib borgan davra suhbatida Ukraina misol sifatida ko’p tilga olindi. Mamlakat Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashuv bo’yicha bitimga qo’l qo’ymasdan, Rossiyaga ergashdiyu ketidan namoyishlar boshlanib ketdi. Poytaxt Kiyevda chodirlar o’tnatgan faol fuqaro prezident Viktor Yanukovich ishdan ketishini talab qilmoqda.

Amerika Tashqi siyosat kengashidan (American Foreign Policy Council) siyosiy fanlar doktori Stiven Blank (Stephen Blank) bu tanazzuldan o’z xulosalarini sanaydi:

“Amerika Ovozi” bilan suhbatda ham aytib o’tdim buni. Birinchidan, Viktor Yanukovich bugun Ukrainani faqat kuch va repressiya bilan boshqarishga qodir, boshqa usuli qolmagan. Bu esa fuqarolar bilan nifoq, hatto fuqarolik urushiga yetaklashi mumkin. Ikkinchi xulosa shuki, biz Ukraina xalqidan bunaqa jasorat kutmagan edik. Demokratiyadan naf yo’q, G’arb yondashuvi ish bermayapti, degan shikoyatlarni hammamiz eslaymiz. Lekin bugungi voqealar rivoji Ukraina jamiyati yaxshiroq hayotga chanqoq ekanini namoyish etmoqda. Ularga Putinizm emas, har qancha kamchiliklariga qaramay, Yevropa Ittifoqi yoqayapti”, - deydi Stiven Blank.

Olim nazarida shu kayfiyat boshqa davlatlarda ham hukmron. Yevropa Ittifoqining yutuqlarini nazar-pisand qilmaslik to’g’ri emas, uningcha. Birgina shu yil ittifoqqa Xorvatiya kirdi, Serbiya a’zolik haqida o’ylanayapti, Moldova va Gruziya integratsiyaga doir bitimlarga qo’l qo’ydi.

Blankning uchinchi xulosasi – Rossiya sobiq ittifoq davlatlarini pora va arzon energiya bilan avrashdan boshqa hech narsa taklif qilolmaydi.

“Avval boshdan shu ma’lum ediki, Rossiya sobiq ittifoq davlatlarining mustaqilligi, suvereniteti, erkini hech qachon tan olmaydi. Gruziyada 2008-yilgi urush bunga bir misol. Qozog’iston rasmiylariga ham Moskva ogohlantirish bergan – mamlakatda rus aholi qozoqlardan keyingi eng yirik jamoa. Ular xafa qilinsa, Kreml qarab o’tirmaydi”, - deydi Stiven Blank.

Ekspertning ta’kidlashicha, Rossiya Markaziy Osiyo hukumatlarini ag’darish vositasiga ega - Qirg’izistonda 2010-yilgi qonli voqealar bunga bir dalil. Olim fikricha, etnik mojaro deya talqin qilingan voqealarda Kremlning qo’li bo’lgan.

Kreml bu mamlakatlar suverenitetini tan olmayotgani, deya yana bir bor ta’kidlaydi u, Markaziy Osiyo va Kavkaz barqarorligiga tahdid.

Xususan, Rossiya qonunlari prezidentga xorijdagi ruslar huquqlarini himoya qilish yo’lida, parlamentdan ruxsat so’ramay, armiyani ishga solish vakolatini beradi.

Blank so’zlariga ko’ra, Yevrosiyo Ittifoqi faqat parokandalikka yetaklaydi, chunki Rossiya sobiq sovet davlatlarini eplolmaydi. Rus boshqaruvining mohiyati kolonializmga, shilishga, talab tashlashga asoslanadi, deydi u. Bu esa hamma ichki loyihalar ustidan nazoratni talab qiladi. Ukrainani yoki Markaziy Osiyo, yoki Janubiy Kavkazda harbiy amaliyotlarni, uzoq muddatli harbiy loyihalarni yuritish uchun Rossiyada pul yo’q, deydi u.

Xo’sh, Amerika va Yevropa Ittifoqi nima qilishi mumkin bu vaziyatda? Ukraina va boshqa davlatlar mustaqil oyoqqa turishga haqli-ku.

Muammo shundaki, Amerika hukumatida bu borada yakdillik yo’q. Moskvaga qat’iy ogohlantirish berilishi lozim, deydi Stiven Blank. Kreml bilsinki, G’arb Ukrainadagi namoyishlarni qo’llab-quvvatlaydi va bu yoki boshqa davlatga biror kor-hol bo’lsa, Rossiya javob beradi.

Jons Xopkins Universiteti (Central Asia-Caucasus Institute, SAIS) olimi Svante Kornell (Svante Cornell) Yevropa Ittifoqi sobiq sovet davlatlariga taklif qilayotgan tashabbuslar xususida gapiradi.

Yevropa ittifoqi qonunlarini, qadriyatlarini o’zida joriy etar ekan, bu mamlakatlar tobora yevropalashib boradi. Ya’ni poraxo’r, zaif o’lkadan normal, qonunlari ishlaydigan va mas’uliyatni biladigan davlatga aylanadi, deydi Kornell. Rossiyaga yaqinlik esa mamlakatni bo’sh va yulg’ich qilib qo’yadi, deb hisoblaydi bu olim.

“Sharqiy hamkorlik bitimining kamchiligi shundaki, u faqat dalda berish va diplomatiyaga asoslanadi. Lekin xavfsizlik, hududiy yaxlitlik kabi bahslar borasida bu bitim lom-mim demaydi. Masalan, Moldova Yevropa ittifoqiga bosh qo’shsa, Rossiya Pridnestrovyeni olib qo’yishi mumkin. Armaniston Yevropaga ergashsa, Rossiya Tog’li Qorabog’ ustidan nazoratni saqlashda yordam bermay qo’yadi”, - deydi Svante Kornell.

Bu masalada Amerika pozitsiyasi qanday? Hozircha jim. Tahlil shuki, Qo’shma Shtatlar Rossiyaning asabiga tegmaslik uchun ham sukutda. Holbuki, aynan AQSh Yevropa bilan kelishib ishlashga qodir va xavfsizlik sohasida real ishlar qilishi mumkin.

Markaziy Osiyo va Xitoyda ikki yil izlanib qaytgan olim, Vilson markazidan (Wilson Center) Aleks Pitersen (Alex Petersen) so’zlariga qaraganda, Xitoy Rossiyaning iqtisodiy va siyosiy loyihalari bilan ishi yo’q. Xoh Yevrosiyo ittifoqi, xoh Boj ittifoqi bo’lsin, bu tuzilmalar Pekinning ildiz otib bo’lgan keng tarmoqli sarmoya loyihalariga ta’sir qilolmaydi.

Yaqinda Xitoy rahbari Shi Zinpin Markaziy Osiyoga safar qilgan edi. Qozog’istonda 30 milliard dollarlik bitimlarni imzoladi. O’zbekiston bilan 5 milliard dollarlik, Qirg’iziston bilan 3 milliard dollarlik bitimlarga qo’l qo’yildi. Bu mablag’ yo’llar, binolar, gidro-inshootlar, quvurlar, ilmiy, ta’limiy va madaniy hamkorlik kabilarga sarflanishi rejada. Turkmaniston va Xitoyni bog’laydigan gaz quvuri salmoqli tashabbuslardan.

Hatto harbiy jabhada Markaziy Osiyo davlatlari Xitoy bilan, aniqrog’i, Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) bilan ishlashga xayrixoh, deydi Pitersen. Chunki, masalan, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotining jilovi Rossiyaning qo’lida. ShHTning esa, deylik, Mintaqaviy aksil-terror idorasi Toshkentda joylashgan; tashkilot o’tkazgan harbiy mashqlarda ham davlatlar teng huquqli qatnashchilar.

Shu bilan birga, region faqat Xitoy va Rossiya bilan cheklanishni istamaydi. Bu esa Amerika, Yevropa, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa davlatlar uchun imkoniyat, deydi Svante Kornell. Markaziy Osiyo faqat hamyoni katta hamkorlarni izlayotgani yo’q, texnologiya, korrupsiyaga qarshi kurash kabi muqobil loyihalarga talab bor ularda. Imkoniyat bor, faqat uni ko’ra bilish kerak, deya eslatadi tahlilchilar.

Muhokamani tomosha qiling (ingliz tilida):

XS
SM
MD
LG