Breaking News

AQSh va Yevropa Belarusga qarshi sanksiya qo’llashi mumkin


Dekabrdagi saylov natijalariga ko’ra, xalqning 80 foizi amaldagi prezident, davlatni 1994 yildan beri boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenkoga ovoz bergan. Bu xulosa poytaxtda yirik namoyishlar, militsiya bilan to’qnashuv va ayovsiz do’pposlash, qamash
Dekabrdagi saylov natijalariga ko’ra, xalqning 80 foizi amaldagi prezident, davlatni 1994 yildan beri boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenkoga ovoz bergan. Bu xulosa poytaxtda yirik namoyishlar, militsiya bilan to’qnashuv va ayovsiz do’pposlash, qamash

Belarus hukumati Minskda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti idorasini yopishga qaror qilgan.

Erkinlik, huquq va xavfsizlik bobida kurashuvchi bu tashkilot dekabrdagi prezident saylovlarini keskin tanqid qilgan edi.

Qo’shma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi rasmiy Minskning qaroridan norozi va sanksiya masalasi muhokamada.

Belarusda 19 dekabrda prezident saylovlari o’tib, unda bir necha nomzod qatnashgan, faollar, G’arb demokratik o’zgarishlar bo’ladi deya umid qilgan edi.

Saylov natijalariga ko’ra, xalqning 80 foizi amaldagi prezident, davlatni 1994 yildan beri boshqarib kelayotgan Aleksandr Lukashenkoga ovoz bergan.

Bu xulosa poytaxtda yirik namoyishlar, militsiya bilan to’qnashuv va ayovsiz do’pposlash, qamashlarga yetaklagan. Yuzlab odamlar, muxolifatdan prezidentlikka nomzodlar turmada.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti kuzatuvchilari saylov xato, qonunbuzarlikka g’ij to’la edi deydi. Tashkilot namoyishning kuch bilan bostirilishini ham keskin qoralagan. Lukashenko ma’muriyati esa poytaxtda bu idorani yopish bilan javob qaytardi.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton va Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar vazirasi Ketrin Eshton bu qarordan afsusda. G’arb ahli Lukashenkoni qamoqdagi faollarni ozod qilishga, xalqaro huquq me’yorlarini hurmat qilishga undamoqda.

Davlat departamenti so’zlovchisi Filip Krouli Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Belarus hayotida muhim rol o’ynab kelayotgan edi, deydi. Qo’shma Shtatlar Minskka qarshi jazo choralarini muhokama qilmoqda.

Vashington avval ham Lukashenko ma’muriyatiga qarshi iqtisodiy, siyosiy sanksiyalar joriy etgan. 2008 yilda bir necha siyosiy mahbus qamoqdan qo’yib yuborilgach, oraga iliqlik yugurgan edi.

Belarusda ko’zga ko’ringan siyosiy arbob, 1994 yilda prezident saylovlarida qatnashib, bahsni Lukashenkoga boy bergan Stanislav Shushkevish sanksiya qarorini qo’llab-quvvatlaydi.

Lukashenko ma’muriyati kriminal to’dadir, deydi u. Bu shafqatsiz hukumat o’z xalqini, sara qiz-o’g’lonlarini yanchimoqda, deydi Shushkevich, fizika va matematika bo’yicha professor. Arbob nazarida, Yevropaning so’nggi diktatori deya tanilgan Lukashenkoga qarshi faqat to’qmoq, sanksiya usuli ish berishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG