Gretsiya yordam olmasa, oktabr oyida pulsiz qoladi

  • Amerika Ovozi

Afina, Gretsiya, 23-sentabr, 2011-yil

Afina, Gretsiya, 23-sentabr, 2011-yil

Gretsiya tashqi qarzini yopish maqsadida qo'shimcha yordam puli olishga umid qilar ekan, xalqaro kreditorlar talabini bajargan holda ayrim iqtisodiy choralarni ishga solmoqda, ammo omma bundan norozi. Bugun ish tashlashlar va namoyishlar yangidan jonlangan. Metro, tramvay va mahalliy temir yo'l xizmatlari 24 soatga ishini to'xtatgan. Aeroportlarda ham reyslar qoldirilgan.

Xalqaro Valyuta Jamg'armasi, Yevropa Markaziy Banki va Yevropa Komissiyasi inspektorlari shu hafta Gretsiyada bo'lib, hukumat qo'yilgan talablarni qanday bajarayotganini tekshiradi va Gretsiyaga qo'shimcha 11 milliard dollar ajratish masalasini muhokama qiladi. Bu pulsiz hukumat oktabr o'rtasiga borib mablag'siz qolishini aytmoqda.

Bu o'rtada Katta Yigirmalikka a'zo davlatlar moliya vazirlari Vashingtonda uchrashmoqda. AQSh vaziri Timoti Gaytner yevropalik vakillarni moliyaviy hamkorlikni kuchaytirishga chaqirmoqda.

Xalqaro Valyuta Jamg'armasi rahbari Kristin Lagardning aytishicha, global iqtisodiyot og'ir kunlarni boshdan kechirmoqda, davlatlar bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishi kerak.

"Iqtisodiy tiklanish yo'lida ancha ishlar qilindi", - deydi u.

Mutaxassislar nazarida rivojlanayotgan davlatlar inqirozga rivojlangan davlatlarga qaraganda ancha chidamli ekanini namoyish etdi. Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy global ekonomikani jonlantirishga o'z hissasini qo'shishini aytmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG