Fransiya, BMT: Yevropa qochoqlarni ajratmaydi, barcha din vakillarini qabul qiladi

  • Amerika Ovozi

Fransiya va BMT Yaqin Sharqdan kelayotgan faqat nasroniy qochqinlar Yevropaga kirishi kerak, deb chiqqan rasmiylarni tanqid qilmoqda.

Sal avval Fransiyada ikki hokim o'z shaharlariga faqat xristianlarni qabul qilishini aytgan edi. Tashqi ishlar vaziri Bernar Kazenev bu fikrni keskin qoraladi.

"Suriyada ozchilik elatlarni tahqirlashmoqda, ezishmoqda. Yaqin Sharqdan kelayotgan nasroniylarni kutib olaylik, ha. Lekin mintaqada dahshatli zulm va qotilliklar bilan yuzlashayotgan musulmonlar, boshqa din va elat vakillari ham bor-ku", - deydi vazir.

Yevropa Ikkinchi Jahon urushidan buyon eng yirik qochoqlar to'lqini bilan yuzlashmoqda.

Bu orada, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning aytishicha, uning hamyurtlari qo'rquvda - Yevropa Suriya, Iroq, Afg'oniston va boshqa davlatlardan shuncha musulmonni qabul qilib, o'zining nasroniy ildizlarini xavf ostiga qo'yayotgan bo'lishi mumkin, deydi Orban.

Slovakiya o'tgan oy faqat xristian muhojirlarga eshiklarini ochishini aytgan. Chunki mamlakatda masjidlar yo'q va ular bu yurtga singib ketishi qiyin bo'ladi, deydi Slovakiya rasmiylari.

BMT rasmiysi Piter Sazerlandning aytishicha, qochoqlarni bunday ayirish Birlashgan Millatlar Tashkiloti mezonlariga ziddir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG