Breaking News

Gretsiya-Makedoniya chegarasida qochqinlar va politsiya orasida to'qnashuv


Makedoniya, 29-fevral, 2016
Makedoniya, 29-fevral, 2016

Bolqon mintaqasidagi cheklovlardan norozi yuzlab muhojir va qochqinlar 29-mart kuni chegarani buzib, Gretsiyadan Makedoniyaga o’tishga uringanida politsiya bilan to'qnashdi.

Qariyb 300 nafar iroqlik va suriyalikka nisbatan ko'zni yoshlantiruvchi gaz qo’llangan.

“Chegarani och” deya baqirgan qochqinlar temir panjarani qulatib Makedoniyaga o’tmoqchi bo’lgan

“Jahon shifokorlari” gumanitar tashkiloti 30 dan ziyod odamga, shu jumladan bolalarga tez yibbiy yordam ko'rsatgan.

Bu muhojirlar G’arbiy Yevropaga yetib olish niyatida. 2500 odamga mo’ljallangan lagerga 10 mingdan ortiq odam bor.

Ularni boshpana bilan ta’minlash vazifasini uddalay olmayotgan Makedoniya o’tgan hafta chegarani yopgan edi. So’ngra kuchli cheklovlar joriy etildi va chegara qayta ochildi. 27-28 fevral kunlari chegaradan bir necha yuz odam o’tkazildi.

Yevropa Ittifoqi qochqinlar masalasini muhokama qilarkan, Germaniya Kansleri Angela Merkel Avstriya va Bolqon mamlakatlarini Gretsiyaga yetarlicha yordam bermayotganlikda aybladi.

Turkiyadan qochqinlar yopirilib kelayotgan Gretsiya, ma'lumki, iqtisodiy tanazzul changalida.

Fransiyaning Kale shahrida qochqinlar uchun o'rnatilgan chodirlar buzib tashlangan. Bir yildan beri bu hudud Britaniya tomon ketayotganlar uchun to'xtash joyi edi. O'tgan dekabr oyida olti ming kishi bor edi, hozir to'rt ming qolgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG