Turkiya va Yevropa qochqin almashdi

  • Amerika Ovozi

Turkiya va Yevropa Ittifoqi kelishuviga ko’ra, Turkiyada qochqin maqomini olish uchun ariza bergan suriyaliklarning birinchi guruhi Yevropaga yetib bordi. Germaniyaning Gannover shahri dushanba kuni 16 odamni qabul qildi, yana 16 suriyalikning kun davomida ularga qo’shilishi kutilmoqda.

Kelishuvga ko’ra, bir paytning o’zida Yevropa migrantlarning bir qismini Turkiyaga qaytib jo’natadi. Dushanba kuni 131 odam, asosan janubi-sharqiy osiyoliklar, Kiprdan Turkiyaga jo’natilib, ro’yxatga olingan.

Turkiya-Yevropa Ittifoqi kelishuvini inson huquqlari guruhlari tanqid qilmoqda.

BMTning Kiprdagi qochqinlar agentligi vakili Boris Cheshirkovning aytishicha, migrantlar himoyasini ta’minlash zarur.

"Chunki ayrimlarini qaytarish ularga zarar keltirishi mumkin", - deydi u.

Kelishuv odamlarni Yevropaga pul evaziga yuborayotgan jinoyatchilar faoliyatiga putur yetkazishga qaratilgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG