Yevropa muhojirlar borasida olg'a surilgan reja tanqid ostida

  • Amerika Ovozi

Gretsiyaning Idomeni qochoqlar shaharchasi, 2-may, 2016-yil

Gretsiyaning Idomeni qochoqlar shaharchasi, 2-may, 2016-yil

Yevropa ijroiya organi olg’a surayotgan rejaga ko’ra, qochqinlarga boshpana berishdan bosh tortayotgan davlatlarga 300 ming dollargacha jarima solinadi.

Bu bir martalik to’lov emas, balki qabul qilinmagan har bir qochqin uchun.

Polsha, Vengriya va yana qator davlatlar bu rejani darhol rad etdi. Polsha va Vengriya musulmon qochoqlarni qabul qilishdan bosh tortib keladi. Ular nazarida bu odamlar jamiyatning tarkibini buzib yuborishi mumkin.

Qochoqlarga oid takliflar iyun oyida Yevropa Parlamentida ovozga qo’yiladi.

Ayrim tahlilchilar bu taklif muhojirlar bilan bog'liq tanazzulni hal qilish yo'lida, talvasada olg'a surilmoqda, demoqda.

Yevropa Komissiyasi Vitse-prezidenti Frans Timmermans esa davlatlar butun qit'ani qamragan tanazzulga qanday javob berishni tanlab o'tiradigan ahvolda emas.

Aksariyat muhojir va qochoqlar Germaniya va Shvetsiyaga yetib olish niyatida, ammo O'rta dengiz osha kelayotgan bu odamlarning asosiy og'irini sohilbo'yi Gretsiya va Italiya ko'tarishga majbur bo'lmoqda.

Qochoqlarga eshiklarini yopganlar jarima to'lashi kerak bo'ladi. Bu pul muhojirlarni bag'riga olgan o'lkalarga yuboriladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG