Yevropa muhtoj a’zolaridan pulni qizg’andimi?

  • Amerika Ovozi

Yevropa muhtoj a’zolaridan pulni qizg’andimi?

Yevropa muhtoj a’zolaridan pulni qizg’andimi?

Til topishishi qiyin bo’layotgan Yevropa Ittifoqi moliya vazirlari Polshada uchrashib, yevro tanazzuli va iqtisodiy ahvolni muhokama qilar ekan, ikki kunlik yig’ilishga Amerika Moliya vaziri Timoti Gaytner boshchilik qilmoqda.

Qo’shma Shtatlar Yevropa, xususan, Gretsiya, Portugaliya va Irlandiyadagi krizis global iqtisodiyotni domiga tortishi mumkin, deya xavotirda. Biroq Gaytnerning da’vatlariga, o’g’ir asoratlar haqidagi ogohlantirishlariga qaramasdan,

Gretsiya oktabr oyida va’da qilingan 11 milliard dollar olmasa, mamlakat defoltga uchraydi va ittifoqning bir qismi sifatida Yevropani, keyin esa global iqtisodiyotni ortidan yetaklashi mumkin.

Obama ma’muriyati shikoyati shuki, Yevropa mamlakatlari o’lda-jo’lda harakat qilmoqda, xususan, Germaniya yordamga muhtoj qo’shnilarga ko’pam pul ajratmoqchi emas.

Boshqalar qancha pulni, qachon berish ustida tinimsiz tortishmoqda. Zaif davlatlardagi moliyaviy tanglik esa yagona valyuta, yevro bilan muomala qiluvchi butun Yevropada o’sishni sekinlashtirgan.

Yirik moliyaviy tanazzulning oldini olish maqsadida dunyoning yetakchi moliya institutlari Yevropa banklariga yil oxirigacha yetadigan qilib qarz berishga rozi. Xalqaro Valyuta Jamg’armasi rahbari Kristin Lagard bu qarorni olqishlamoqda. Biroq uning aytishicha, 2008 yilgi kabi global krizis qaytalamasligi uchun rivojlangan davlatlar keskin va tezkor chora ko’rishi lozim.

Amerika Moliya vaziri Timoti Gaytner

Amerika Moliya vaziri Timoti Gaytner

“Amerika va Yevropada iqtisodiy o’sish sust, moliya tizimlari hali avvalgi tanglikdan butunlay o’ziga kelmagan, siyosatchilar talashib-tortishish bilan band, lekin ehtiyot choralari ko’rmayapti. Mana shular bois biznes ahli sarmoya kiritmay qo’ydi, ish o’rinlari yaratilmayapti”, - deydi Lagard.

Xalqaro Valyuta Jamg’armasi rahbari dunyoning eng yirik iqtisodiyoti - AQShda prezident Barak Obamaning o’sishni jonlantirib, 2 million ish o’rni yaratish yo’lida taklif qilgan dasturini olqishladi.

Muxolif respublikachilar qarshiligiga qaramasdan Barak Obama qiymati 447 milliard dollarlik bu tashabbusni tasdiqlatish ahdida qat’iy. Maqsad, deydi prezident, kichik bizneslarni qo’llab-quvvatlab, qurilish va ta’lim sohasi xodimlarini rag’batlantirish.

Respublikachilar fikricha, bu taklif ortiqcha xarajat, ortiqcha cheklov va soliqdan boshqasi emas. Barak Obama esa “qanday taklif bilan chiqishimdan qat’iy nazar Respublikachilar e’tiroz bildiraveradi, deya javob qiladi.

Qo’shma Shtatlarda ishsizlik darajasi 9 foiz atrofida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG