Avstriya va Germaniya minglab qochqinlarga eshiklarini ochdi

  • Amerika Ovozi

Vengriya minglab qochqinlarni avtobuslarda chegaraga eltgach, ular Avstriyaga kira boshladi. Istaganlar bu davlatdan poyezdlarda Germaniyaga jo'nab ketmoqda.

Yaqin Sharq, Afg'oniston, Pokiston va Afrikadagi urush va nizolardan qochgan odamlar bir necha kundan beri Budapeshtdagi temir yo'l vokzalida qolayotgan edi. Vengriya hukumati g'arb tomon poyezdlar qatnovini to'xtatgach, olomon Germaniyaga yetish uchun piyoda yo'lga chiqqan.

Oxir-oqibat Vengriya bir necha davlat chegarasidan o'tib, o'ziga to'q o'lkalarda boshpana izlayotgan qochqinlarni avtobuslar bilan ta'minlashga rozi bo'ldi.

Avstriyaga kirib kelayotganlar ro'yxatga olinib, yegulik va vaqtinchalik turar-joy bilan ta'minlanyapti. Bu davlat Germaniya bilan maslahatlashgan holda chegaralarni ochishga qaror qilgan.

Budapeshtdagi muxbirimiz Luis Ramirezning xabar berishicha, Keleti temir yo'l vokzalida ayni paytda atigi bir necha yuz odam qolgan. Chegaraga avtobuslar qatnovi to'xtatilgani bois ayrimlar piyoda, qurbi yetadiganlar esa mashina yollab Avstriya tomon jo'nab ketayapti.

Fransiya, Germaniya va Italiya rahbarlarining aytishicha, qochoqlar ittifoq bo'ylab 28 davlat orasida teng taqsimlanishi lozim.

Germaniya

Germaniya

Vengriya qochqinlarni avtobuslarda chegaraga yetkazdi

Vengriya qochqinlarni avtobuslarda chegaraga yetkazdi

Avstriya

Avstriya

Avstriya

Avstriya

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG