Yevropa Turkiyadan qochoqlarni qaytarib olishni so'ramoqda

  • Amerika Ovozi

Bryusselda o'tgan Yevropa Ittifoqi-Turkiya sammiti, 7-mart, 2016-yil

Bryusselda o'tgan Yevropa Ittifoqi-Turkiya sammiti, 7-mart, 2016-yil

Bugun Yevropa Ittifoqi rahbarlari Turkiya rasmiylari bilan uchrashib, Yevropaga Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo va Afrikadan kelayotgan muhojirlar oqimini kamaytirishga qaratilgan rejani muhokama qildi. Yevropa Ittifoqi muhojirlar uchun Bolqon yo’nalishini yopib qo’ymoqchi.

Xususan, shimolda Makedoniya chegarasini yopib, Suriya, Afg’oniston va Iroqdan kelayotgan qochqinlarni Germaniya va Skandinaviya davlatlariga o’tkazmay qo’ydi.

2015-yil boshidan beri Gretsiyaga dengiz orqali bir millionga yaqin qochoq kelgan. Yevropa Ittifoqi Turkiyadan qochqinlarni Yevropaga safar qilishdan to'sishni va allaqachon Yevropaga kirib kelgan, ammo ittifoqdan boshpana olishga noloyiq deb topilgan shaxslarni qaytarib olishni so'ramoqda.

Turkiya allaqachon 2,7 million suriyalik muhojirga boshpana bergan. Anqara ularni zarur yordam bilan ta'minlashda moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG