Yevropa terror xurujlari ehtimolidan qo'rquvda

  • Amerika Ovozi

Ayniqsa Britaniya, Fransiya va Germaniyada portlashlar xavfi yuqori ekani aytilmoqda

Ayniqsa Britaniya, Fransiya va Germaniyada portlashlar xavfi yuqori ekani aytilmoqda

AQSh va Yaponiya hukumatlari Yevropada terror xurujlari ehtimoli haqida ogohlantirib, o’z fuqarolarini hushyorlikka undamoqda. Ayniqsa Britaniya, Fransiya va Germaniyada portlashlar xavfi yuqori ekani aytilmoqda.

Mana bir necha kundirki, Yevropada hujumlar bo’ladi degan gap-so’z tinmaydi.

Yaponiya, AQSh va Britaniya hukumatlari kecha yangi ogohlantirish bilan chiqqan.

Amerika Yevropadagi fuqarolarini ehtiyot bo’lishga, jamoat joylari, transport va sayyohlar gavjum yerlardan uzoqda bo’lishni maslahat bermoqda.

Britaniya hukumati mamlakatda xurujlar ehtimoli “o’ta yuqori” demoqda. Qirollik nazarida Germaniya va Fransiya ham bexatar emas.

Al-Qoida Yevropani nishonga olmoqchi, 2008 yilda Mumbaydagi kabi hujumlar ro’y berishi mumkin degan taxminlar bot-bot yangramoqda.

Hindistondagi fojea taxminan 160 odamni hayotdan olib ketgan edi.

G’arb razvedka xizmatlari o’tgan hafta Britaniya, Fransiya va Germaniyada katta portlashlarning oldi olindi deya bayon qilgan edi.

Bu terror rejalarining ortida Pokistondagi jangarilar turgani aytilmoqda.

Amerika Yevropadagi fuqarolarini ehtiyot bo’lishga, jamoat joylari, transport va sayyohlar gavjum yerlardan uzoqda bo’lishni maslahat bermoqda.

Amerika Yevropadagi fuqarolarini ehtiyot bo’lishga, jamoat joylari, transport va sayyohlar gavjum yerlardan uzoqda bo’lishni maslahat bermoqda.

Fransiya rasmiylari tahdid darajasi yuqori ekanini tan oladi. O’tgan oy Parijda mashhur Eyfel minorasida portlash ehtimoli haqida xabarlar paydo bo’lgan, odamlar evakuatsiya qilingan edi.

Oxirgi 15 yilda Parij, Madrid va Londondagi xurujlar yuzlab odamni hayotdan olib ketgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG