Breaking News

Yevropa Ittifoqi: Markaziy Osiyo bilan hamkorlik strategiyasi ish bermoqda


Yevropa Ittifoqi Kengashi Markaziy Osiyo bilan hamkorlik strategiyasining besh yilligi munosabati bilan bu davr ichida qilingan ishlarga baho bermoqda. Xulosa shuki, strategiya ish bermoqda, mintaqa davlatlari bilan aloqalar kuchaymoqda.

Strategiyada inson huquqlari, qonun ustuvorligi, davlat boshqaruvi, demokratizatsiya, yoshlar va ta'lim, iqtisodiy taraqqiyot, savdo va sarmoya, energetika va transport, atrof-muhit muhofazasi, suv ta'minoti hamda umumiy tahdidlarga qarshi kurash sohalarida hamkorlik ko'zda tutilgan.

Ayrim yo'nalishlarda yutuqlar bor, biroq qilinadigan ishlar hali ko'p, deyiladi kengash hujjatida.

Yevropa Ittifoqi strategiyani amalga oshirishga mas'ul maxsus vakilini yangilagan. So'nggi olti yildan beri bu vazifani bajargan Pyer Morel o'rniga Patritsiya Flor tayinlandi.

Yevropa Kengashi davlatlarni mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga chaqiradi. Buning uchun o'rtadagi ishonchni oshirish lozim. Shundagina o'zaro ziddiyatli masalalarga yechim topish osonlashadi, deyiladi hujjatda.

Kengash Markaziy Osiyoning Afg'onistonga qo'shni mamlakatlarini bu davlat tinchligi va taraqqiyotiga hissa qo'shishga ham da'vat etadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG