Breaking News

AQShning Eksport-Import banki faoliyatini to'xtatishi mumkin


Kongress masala yuzasidan ovoz berishga vaqt topa olmagani uchun AQSh agentliklaridan biri yopilishi mumkin.

AQSk Eksport-Import banki deb ataladigan agentlik faoliyatini tartibga soluvchi qonun iyun oxirida kuchdan qoladi. Ungacha Kongress faqat bir ish kuni uchun yig’iladi, xolos.

Bank xorijga mahsulot sotuvchi AQSh kompaniyalariga moliyaviy yordam va sug’urta bilan ta’minlash orqali yordam ko’rsatadi. Agar xorijlik mijoz ko’rsatiladigan xizmatlar uchun haq to’lay olmasa, zararni bank qoplab beradi.

Agar Kongress hujjatni uzaytirmasa, bank keying haftadan yangi shartnomalar tuzishni to’xtatadi va xodimlarini ishdan bo’shatishni boshlashi mumkin.

24-iyun kuni Vakillar palatasida agentlik tarafdorlari qonunchilarni bankni va u orqali eksport sohasida yaratiladigan ish o’rinlarini saqlab qolishga chaqirdi. Bank ishini nazorat qiluvchi qo’mita a’zosi, yetakchi demokrat Meksin Uoters ko’plab respublikachilar qonunga ovoz berishni istamayotganidan hayratda ekanini bildirdi.

Agar qonun muddati uzaytirilmasa, bank yordamiga tayanuvchi ko’plab kichik va o’rta biznes kompaniyalari faoliyatini to’xtatishi mumkin, deydi u.

Ayrim konservativ respublikachilarga ko’ra, bank siyosiy guruhlarga aloqador kompaniyalarga behuda yordam berib yotibdi va aslida ular hukumatdan hech qanday ko'mak olmasligi kerak.

Kongressmen Jeb Hensarling bankni erkin bozor iqtisodiyotiga hukumatning aralashisi sifatida ko’rib, uni butunlay faoliyatdan to’xtatish maqsadida ekanini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG