Vasila Inoyatova: 16 yoshli o'g'limni pichoqlab meni qo'rqitishmoqchi, kurash davom etadi


Vasila Inoyatova, "Ezgulik" rahbari. Tashkilot huquq tartibot organlari sodir etgan jinoyatlarni fosh etib tanilgan.

Vasila Inoyatova, "Ezgulik" rahbari. Tashkilot huquq tartibot organlari sodir etgan jinoyatlarni fosh etib tanilgan.

Ikki kun oldin Toshkentda "Ezgulik" inson huquqlari jamiyati rahbari Vasila Inoyatovaning 16 yoshli o'g'lini pichoqlab ketishgan. Javohir Inoyatov operatsiya qilingan, ayni paytda shifoxonada.


“Ezgulik” tarqatgan ma’lumotda deyiladiki, huquq himoyachisi o’g’liga uyushtirilgan bosqin ortida jinoiy faoliyatlari jamiyat tomonidan fosh qilingan huquq tartibot organlari turibdi.

“Bu voqeada men faqat militsiyani ayblayman. Chunki faoliyatimiz davomida biz militsiyadagi jinoyatlar, qiynoqlar qo`llashayotgani haqida ko`plab materiallar berganmiz, isbot qilganmiz, militsiya zo’ravonligiga qarshi kurashib kelganmiz. Ayniqsa, Dilnura Qodirjonova, opa-singil Soatovalarning ishi bo’yicha berilgan materiallardan so’ng bizga nisbatan bosim oshib ketdi. Telefonda tahdidlar bo`ldi. Jarimaga tortishdi, mulkimizni musodara qilishdi. Uch yil avval katta o’g’limga ham suiqasd bo’lgandi, hozir esa bu voqea. Ammo biz baribir orqaga chekinmaymiz, kurashda davom etamiz. Meni bu bilan qo’rqita olishmaydi”, - deydi Vasila Inoyatova “Amerika Ovozi” bilan suhbatda.

Javohir Inoyatovga uyushtrilgan hujum yuzasidan tergov surishtiruv ishlari boshlangan. Hozircha hech kimdan sado yo'q. Ammo jinoyatchilar topilib, jazolanishiga umid kam.


  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG