Rus imperatoriga xizmat qilgan Karl Faberje asarlari Amerikada

  • Amerika Ovozi

Rus imperatoriga xizmat qilgan Karl Faberje asarlari Amerikada

Rus imperatoriga xizmat qilgan Karl Faberje asarlari Amerikada

Dunyoning eng mashhur zargarlari yaratgan zeb-ziynat AQShning Virjiniya shtati Nafis San’at Muzeyida namoyish etilmoqda.

Ko’rgazma kuratori Gayza von Xabsburg bir paytlar Yevropaning katta qismida hukmronlik qilgan Xabsburglar sulolasi vakili va mohir usta Karl Faberje hayotini izchil o’rganib, kitob bitgan olim.

Insoniyat oltin buyumlar piri Karl Faberje ijodiga tan berib kelgan.

Rus imperatoriga xizmat qilgan Karl Faberje asarlari Amerikada

Rus imperatoriga xizmat qilgan Karl Faberje asarlari Amerikada

Gap bu javohirot oltin, kumush va qimmatbaho toshlardan yuksak did bilan ishlanganida emas, balki Rossiyaning so’nggi imperatori Nikolay II va uning oilasi bilan bog’liq ekanida. 1918 yilda ularni bolsheviklar qatl etgan.

“Faberje asarlari xaridorbop ekani, albatta, Rossiya imperiyasiga aloqadorlik bilan izohlanadi. Usta zargar shoh oilasi bilan yaqin edi va ularga atab ko’p narsalar yasagan”, - deydi Gayza von Xabsburg, Virjiniya Nafis San’at Muzeyida ochilgan “Faberjeni kashf qilib” nomli ko’rgazma kuratori.

Rus imperatoriga xizmat qilgan Karl Faberje asarlari Amerikada

Rus imperatoriga xizmat qilgan Karl Faberje asarlari Amerikada

U zargarning 500 dan ziyod asari, jumladan, eng mashhurlaridan sanalmish yetti dona Pasxa tuxumini jamlashga muvaffaq bo’lgan.

“Faberja 50 dona tuxum yasagan. 40 yoki 42 donasi ma’lum. Ko’rgazmada yettitasini ko’rasiz”, - deydi Aleks Narjess, muzey direktori.

Uning aytishicha, muzey ham o’sha taniqli buyumlardan beshtasini qo’lga kiritgan.

“Bu tuxumlar mayda detallarigacha shunaqangi qoyilmaqom qilib ishlangan! Ular nafaqat go’zal, balki mexanik jihatdan haqiqiy san’at asari”, - deydi u.

Har birining sir-sinoati bor va ularni ochsa bo’ladi.

Rus imperatoriga xizmat qilgan Karl Faberje asarlari Amerikada

Rus imperatoriga xizmat qilgan Karl Faberje asarlari Amerikada

Eng zo’r ishlangani 25-30 million dollar turadi.

Bu g’oyaning muallifi – Aleksandr III. 1885 yilda rafiqasi uchun Pasxa sovg’asi sifatida buyurtirgan. O’g’li Nikolay II an’anani davom ettirgan.

Mana bunisi lojuvard toshi va tilladan qilingan.

Uning ichida shoh o’g’lining brilliant va oqoltin hoshiyaga solingan rasmi.

Bu tilla buyumni Saqoqush Tuxumi deb ham bilishadi, ustidagi nozik qushcha bois. Tuxumning ichida esa mitti rasmlar.

Imperiya tuxumlari Faberje oilasi ijodining bir qirrasi xolos.

Rus imperatoriga xizmat qilgan Karl Faberje asarlari Amerikada

Rus imperatoriga xizmat qilgan Karl Faberje asarlari Amerikada

Ijodi davomida u 500 ishchini boshqarib, 150 mingdan ziyod nodir buyumlar yaratgan. Hammasi ham shohning oilasi uchun bo’lmagan.

Billur tuxum Emmanuel Nobel uchun, nufuzli mukofot asoschisi Alfred Nobelning jiyani uchun yaratilgan.

Usta Faberje Rossiya shoh oilasi uchun toj ham ishlagan.

Lekin, deydi von Xabsburg, bu zeb-ziynatning ko’pi yo’qolib ketgan.

“O’sha javohirotning 95 foizini bolsheviklar yo’q qilgan. Kumushning 95 foizini ham ular eritgan, chunki inqilobdan keyin pulga muhtoj edi yangi Rossiya”.

Rus imperatoriga xizmat qilgan Karl Faberje asarlari Amerikada

Rus imperatoriga xizmat qilgan Karl Faberje asarlari Amerikada

Toptalmagan buyumlar esa sotib yuborilgan.

“1920-1930-yillarda qimmatbaho taqinchoq, san’at asarlari Rossiyadan chiqa boshlagan va Amerikada 1930-yillarda Faberje ijodi namunalari ketidan haqiqiy ov avj olgan. Asosan, ikki-uch kishi yirik kolleksioner edi”, -deydi Aleks Narjess.

Rus imperatoriga xizmat qilgan Karl Faberje asarlari Amerikada

Rus imperatoriga xizmat qilgan Karl Faberje asarlari Amerikada

Lillian Pratt xonim shulardan biri bo’lgan. 1947 yilda vafot etgan bu kolleksioner Faberje ishlagan 150 dan ziyod buyumni Virjiniya muzeyiga topshirgan.

Bu – shu kungacha Rossiyadan chetda mavjud eng katta to’plam.

Karl Faberjening o’zi revolyutsiya paytida Rossiyadan qochib, ikki yildan keyin Shveytsariyada olamdan o’tgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG