AQSh: Mafiyaga qarshi operatsiyada 100 dan ziyod odam hibsga olingan


AQSh: Mafiyaga qarshi operatsiyada 100 dan ziyod odam hibsga olingan

AQSh: Mafiyaga qarshi operatsiyada 100 dan ziyod odam hibsga olingan

Nyu-York, Nyu Jersi va Roud Aylend shtatlarida o’tkazilgan maxsus operatsiyada 100 dan ziyod kishi mafiya a’zolari deb gumon qilinib, qo’lga olingan.

Ular reket, yulg’ichlik va qotillik kabi og’ir jinoyatlarda ayblanmoqda.

AQSh Adliya vaziri Erik Xolder buni Federal Qidiruv Byurosi tarixidagi eng yirik operatsiya deb ta’riflaydi.

130 ga yaqin kishi hibsda, barchasi La Cosa Nostra degan uyushgan jinoyatchilik guruhi a’zolari, deydi u.

“Faoliyatini asosan Nyu-York va qo’shni shtatlarda olib borgan bu jinoiy to’dalar odam o’ldirish, qoradori savdosi, reket va noqonuniy moliyaviy operatsiyalar bilan shug’ullangan”, - deydi adliya vaziri.

Bu guruhlarning barchasi, deydi rasmiylar, Italiyaning Sitsiliya orolidagi mafiyalar bilan yaqindan aloqa qilgan.

Federal Qidiruv Byurosi ularni uzoq yillar tekshirgan. Agentlik qo’lida xufiyona yozib olingan telefon suhbatlar, guvohlar bilan o’tkazilgan intervyu va dalil-hujjatlar bor.

“Bugungi zamonda mafiyalar avvalgidek qonxo’r emas deb o’ylasangiz xato qilasiz”, - deydi tergovchilar.

XS
SM
MD
LG