Federal qidiruv byurosi yillar davomida yolg'on ko'rsatma tarqatgan

  • Amerika Ovozi

Federal qidiruv byurosi va Adliya vazirligi 2000-yildan oldin 20 yil davomida yuzlab jinoiy ishlarda yolg'on ko'rsatma berib kelgan.

Bu haqda "Vashington post" gazetasi xabar beradi.

Gazeta o'sha davrga taalluqli 268 jinoiy ishni tekshirib chiqqan.

Ayon bo'lishicha, federal agentlikning o'nlab sud-ekspertiza xodimlari laboratoriya analizlari haqida ayblov tomonga ma'qul yolg'on ko'rsatma bergan.

Gap, jumladan, o'limga hukm qilingan 32 mahbus haqida ham ketmoqda.

Shulardan 14 nafari qatl etilgan yoki qamoqda olamdan o'tgan.

Federal qidiruv agentligi va Adliya vazirligi bu ishlarga aloqador barcha shaxslarni o'tmishdagi xatolar haqida xabardor qilishga va adolat qaror topishiga yordam bermoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG