Qiynoqlarni aks ettirgan suratlar ko'rsatilsin, deya buyurdi federal sud

  • Amerika Ovozi

AQSh federal sudi hukumatdan Iroq va boshqa davlatlardagi qamoqxonalarda olingan va mahbuslar ahvolini aks ettirgan suratlarni oshkor etishni talab qilmoqda.

Hukmga ko'ra, Obama ma'muriyatida ikki oy vaqt bor. Bu davr mobaynida hukumat yuqori sudga murojaat qilib, hozirgi hukmni bekor qilishni so'rashga haqli.

Amerika fuqaro huquqlari ittifoqi 2004-yilda rahbariyatni sudga bergan. Urush olib borilayotgan davlatlarda AQSh inson huquqlarini muntazam ravishda poymol etmoqda va qamoqxonalardagi vaziyat buning yaqqol isboti deya arz qilingan. Unda xususan Bag'doddagi Abu G'arib qamoqxonasida mahbuslar qiynoqqa solinganini aks ettiruvchi suratlar haqida gap ketadi.

Hukumat esa bu suratlarni ko'rsatish harbiylar va diplomatlar hayotini xavf ostiga qo'yadi deya qarshilik bildirib keladi.

Sud nazarida bu pozitsiya asossiz. Fotolardagi odamlarning yuzini yashirgan holda namoyish qilish mumkin, deya bildiradi federal sud.

Kongress 2009-yilda maxsus qonun qabul qilib, bu fotolarni ko'rsatish-ko'rsatmaslik vakolatini Mudofaa vazirligiga bergan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG