AQShda jangovar qo'mondonlikka ilk bor ayol kishi rahbarlik qiladi

  • Amerika Ovozi

General Lori Robinson yaqingacha AQShning Tinch okeani harbiy-havo kuchlariga qo'mondon edi

General Lori Robinson yaqingacha AQShning Tinch okeani harbiy-havo kuchlariga qo'mondon edi

AQSh Harbiy-havo kuchlari generali Lori Robinson endi bu davlat Qurolli kuchlarining Shimoliy qo'mondonligi va Shimoliiy Amerika aerokosmik mudofaasi qo'mondonligiga (NORAD) rahbar. Amerika tarixida hech bir ayol bu qadar yuqori harbiy lavozimga ega bo'lmagan.

General Robinson 57 yoshda, oilali. Turmush o'rtog'i Deyvid Robinson ham havo kuchlari generali.

Mart oyida mudofaa vaziri tomonidan bu lavozimlarga tayinlangan Robinson o'tgan oy AQSh Senatidagi tinglovda qonunchilar oldida hisobot berib, "Vatan mudofaasi - muqaddas burch va Mudofaa vazirligining eng oliy maqsadi" deb aytdi.

Bu ikki qo'mondonlik Shimoliy Amerika havo sarhadlarini mudofaa qiladi.

Bungacha Robinson AQShning Tinch okeani harbiy-havo kuchlariga qo'mondonlik qilgan. Uning qo'l ostida 46 mingdan ziyod harbiy Yaponiya, Janubiy Koreya, Gavayi, Alyaska va Guamda xizmat qilgan.

"Mamlakatimizga ichki va tashqi tahdidlar xavf solmoqda. Mahalliy ekstremistlar, kiber-xurujlar, qoradori savdosidan tortib Rossiya, Shimoliy Koreya va Eron tahdidlarigacha", - dedi general Senatdagi tinglovda.

Robinson AQSh Harbiy-havo kuchlari safida to'rt yulduzli general unvoniga ega ikki ayoldan biri. Uning o'zi uchuvchi bo'lib, 900 dan ortiq soat parvoz qilgan.

General Robinson 57 yoshda, oilali. Turmush o'rtog'i Deyvid Robinson ham havo kuchlari generali.

General Robinson 57 yoshda, oilali. Turmush o'rtog'i Deyvid Robinson ham havo kuchlari generali.

General Lori Robinson (chapda) endi dunyodagi eng qudratli harbiy qo'mondonliklardan birining rahbari

General Lori Robinson (chapda) endi dunyodagi eng qudratli harbiy qo'mondonliklardan birining rahbari

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG