Reynjer ayollar xotin-qizlarga keng imkoniyatlarni ochib berayotganidan umidvor

  • Amerika Ovozi

Amerikaning oliy harbiy maktabini bugun ilk bor ayol askarlar tamomlamoqda. Bugungi marosimda 94 erkak va ikki ayol bor.

Vest Poynt maktabi bitiruvchilari Kristen Grist va Shay Heyver shuning bilan boshqa ayollarga keng imkoniyatlarni ochib berayotganidan umidvor.

Kapitan Shay Heyver bu voqeaning tarixiy ahamiyatini bilamiz, deydi. 90 dan oshiq boshqa askarlar bilan reynjer maktabini tugatayapmiz, hayotimizdagi eng yorqin sahifalardan, deydi u.

Reynjerlar Amerika armiyasining taxminan 3 foizini tashkil etadi. Ular frontda butun boshli bo'linmalarga yetakchilik qiladi.

Ilk bor ikki ayol 62 kunlik nihoyatda og'ir mashqlardan muvaffaqiyatli o'tgan.

Amerika harbiylari hozir shu damgacha faqat erkaklar jang qilgan o'rinlarga ayollarni ham kiritish haqida o'ylanmoqda. Amaldagi qoidaga ko'ra, xotin-qizlar reynjer maktabida o'qishi mumkin, lekin frontda xizmat qila olmaydi. Bu borada tugal qaror 1-oktabrda ma'lum bo'lishi kerak.

Askar ayol Shay Heyver jurnalistlar bilan uchrashmoqda.

Askar ayol Shay Heyver jurnalistlar bilan uchrashmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG