YXHT Qirg’izistonda fergananews.com yopiqligidan norozi

  • Amerika Ovozi

Dunya Miyatovich Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining matbuot erkinligi masalalari bo'yicha maxsus vakili

Dunya Miyatovich Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining matbuot erkinligi masalalari bo'yicha maxsus vakili

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT, Organization for Security and Co-operation in Europe) rasmiysi, matbuot erkinligi bo’yicha maxsus vakil Dunya Miyatovich Qirg’izistonda fergananews.com saytiga qo’yilgan to’siqni olib tashlashga chaqirdi.

Internet hamisha erkin bo’lib qolishi kerak, deydi u.

Qirg’iziston parlamenti fergananews.com janubda 2010-yilda ro’y bergan etnik to’qnashuvlarni xolis yoritmagan, tarafkashlik qilgan deya bu manbani man etishni buyurgan edi.

“Sud hukmini eshitmayoq e’lon qilingan bu cheklov hoziroq bekor qilinsin. Axborot oqimiga go’v bo’lish Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti me’yorlariga zid”, -deydi Miyatovich.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG