AQSh adliya vazirligi politsiyachilarga aholi bilan ishlashni o'rgatadi

  • Amerika Ovozi

AQSh Adliya vaziri Erik Xolder (markazda)

AQSh Adliya vaziri Erik Xolder (markazda)

AQSh Adliya vaziri Erik Xolderning aytishicha, huquq-tartibot organlariga odamlarga irqi asosida muomalani bas qiluvchi ko'rsatma tarqatiladi. Bu Missuri shtatining Ferguson shahrida qora tanli o'smirning oq tanli politsiyachi o'qidan o'lganidan keyin avjga chiqqan namoyishlarga javobdir.

Yangi qoidalar politsiyaning adolat bilan, samarali ishlashiga yordam beradi, deydi vazir. Xolder bugun Atlantada politsiya rasmiylari, qora tanli va latino jamoalari yetakchilari bilan uhcrashmoqda.

Prezident Barak Obamaning aytishicha, oq tanli bo'lmagan aholida politsiyaga ishonch past, uni odam ajratayotganlikda ayblaydi. Oq uy politsiya ishini yaxshilash uchun 260 million dollardan ko'p pul sarflashi kutilmoqda.

Posbonlarning aholi bilan muomalasini nazorat qilish uchun ularning kiyimiga videokamera o'rnatiladi, politsiyachilar tayyorgarligi kuchaytiriladi.

Fergusondagi voqeadan keyin sud hay'ati politsiyachi Derren Uilsonni oqlagach, shaharda va mamlakat bo'ylab namoyishlar avj oldi.

Adliya vazirligi voqeani tergov qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG