Ferguson shahrida tartib o'rnatish uchun milliy gvardiya jalb qilindi

  • Amerika Ovozi

Namoyishchilar favqulodda holat e'lon qilinganiga qaramay, ko'chalarni tark etmayapti, Ferguson, 17-avgust, 2014-yil.

Namoyishchilar favqulodda holat e'lon qilinganiga qaramay, ko'chalarni tark etmayapti, Ferguson, 17-avgust, 2014-yil.

Missuri shtati gubernatori Jey Nikson Ferguson shahri ko’chalarini tartibga solish uchun Milliy Gvardiyani jalb qilishga buyruq berdi. Qurolsiz qora tanli yosh yigitning politsiya tomonidan otib o’ldirilishi natijasida boshlangan norozlik namoyishlari bir haftadan beri tinmayapti.

Kecha politsiya namoyishchilarga qarata ko’zdan yosh oqizuvchi gaz qo’llagan. Rasmiylarning aytishicha, bir guruh bezorilar nazorat postlarni yorib o’tishga uringan.

Ayrim namoyishchilar Molotov qo’lbola bombalarini uloqtirdi, qurollardan foydalanib, o’girlik va talon-tarojga qo’l urdi, deydi politsiya so’zlovchisi Ron Jonson. Uning aytishicha, kamida ikki namoyishchiga o’q tegib yaralangan. Politsiyaga qarata ham o’q uzilgan, ammo xavfsizlik xodimlaridan hech kim jarohat olgani yo’q.

Politsiyaning haddan ziyod kuch qo’llayotganidan g’azablangan olomon ko’zdan yosh oqizuvchi gaz qo’llanishidan oldin namoyishchilar zo’ravonlikka qo’l urganini inkor etmoqda.

Zo’ravonlik ikkinchi kunning komendantlik vaqti boshlanishidan bir necha soat avval boshlangan. Komendantlik soati mahalliy vaqt bilan yarim tunda kuchga kirib, besh soat davom etgan.

Shaharda maktablar yopiq qolmoqda. Bugun o’quv yilining birinchi kuni bo’lishi kerak edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG