Breaking News

Kuba Fidel Kastro ostida: Tarixga nazar


Fidel Kastro (1926-2016)
Fidel Kastro (1926-2016)

Kubani 1959-yildan 2008-yilgacha boshqargan va bu davlatda hozir ham hukmron siyosiyy tuzumga asos solgan Fidel Kastro 25-noyabr kuni Gavanada vafot etdi. Kuba ahli u bilan vidolashar ekan, bu lider bilan bog'liq muhim voqealarni sanab o'tsak.

1959-yil, 1-yanvar: Fidel Kastro yetakchiligidagi kuchlar uzoq yillik diktator Fulgensio Batistani hokimiyatdan ag'dardi.

1960-yil: AQSh Kubaning yangi kommunist rahbariyatini tan olmas ekan, Gavana Amerika bizneslarini mamlakatda chiqarib yubordi. Kapitalist davlatning kompaniyalari Sovet mahsulotlarini ishlatishdan ham bosh tortib kelayotgan edi. SSSRni do'st va homiy deb bilgan Kastro bunga toqat qilmadi.

1960-yil: Vashington Kubaga mahsulotlarini eksport qilishni to'xtatdi, jumladan oziq-ovqat va dori-darmonni.

1961-yil: Kuba o'zini sotsialistik davlat deb e'lon qildi.

1961-yil: AQSh Markaziy Razvedka Agentligi homiyligidagi operatsiya barbod bo'ldi. Maqsad Kastroni hokimiyatdan ag'darish edi.

1962-yil: Vashington Kubadan barcha mahsulotlarni man etdi.

1962-yil: AQSh Sovet Ittifoqini Kubaga keltirgan yadroviy qurollarini olib ketishga majbur qildi. Amerika rahbari Jon Kennedi bu davlatga bostirib kirmaslikni va'da berdi.

1968-yil: Kastro mamlakatdagi barcha bizneslarini o'z nazoratiga ostiga oldi.

1980-yil: Kuba hukumati fuqoralarga, bu yerda yashashni istamasa, mamlakatni tark etish imkoniyatini berdi. 125 ming odam chiqib ketdi.

1991-yil: Sovet Ittifoqi parchalanar ekan, Kuba iqtisodiyotida ulkan inqiroz.

1994-yil: Kuba ahli qashshoqlikdan aziyat chekar ekan, 40 ming odam AQShdan boshpana so'radi.

2003-yil: 75 kubalik tuzumga qarshi jinoyatlarda ayblanib, uzoq yillik qamoq jazosiga mahkum etildi.

2006-yil: Kastro kasal; operatsiyadan keyin ishga qayta olmadi. Ukasi Raul boshqaruvni qo'lga oldi.

2008-yil: Kastro prezidentlikdan bo'shab, lavozimni ukasiga butunlay topshirdi.

2010-yil: Kastro ancha sog'ayganini aytib, jamoatchilikka ko'rina boshladi.

2011-yil: Kastro Kommunistik Partiyaning birinchi kotibi lavozimini ham ukasiga topshirdi. Kongressda so'zlab, Kuba hamon kuchli tuzum va jamiyat ekanini ta'kidladi.

Aprel, 2016-yil: Kastro Kommunistik Partiya qurultoyida so'zlab, kommunizm hamon barhayot ekanini da'vo qildi, xalqiga kuch va ilhom tiladi.

25-noyabr, 2016-yil: Fidel Kastro hayotdan ko'z yumdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG