Filippindagi azaliy mojaro sulh bilan tugashi mumkin

  • Amerika Ovozi

Filippin prezidenti Beninyo Akvino Moro Islomiy Ozodlik Jabhasi rahbari Murod Ibrohim bilan, 4 avgust 2011

Filippin prezidenti Beninyo Akvino Moro Islomiy Ozodlik Jabhasi rahbari Murod Ibrohim bilan, 4 avgust 2011

15 yildiki, Filippinda isyonchi kuchlar mustaqillik uchun kurashmoqda. Shu kunlarda bu mojaro hal etilishiga umid paydo bo’ldi.

Yoshi yetmishlarga borib qolgan ayol 40 yil oldin boshlangan isyonlar hali ham ko’z oldimda deydi. O’shanda u bor mol-mulkini tashlab, uyidan qochishga majbur bo’lgan.

2008-yildagi qonli to’qnashuvlar oqibatida bu ona yana boshpanasiz qoldi, qashshoqlikda kun kechirmoqda. Bu ayol taqdiri Filippinning Mindanao viloyatidagi minglab odamlarnikiga o’xshaydi.

Jahon Banki ma’lumotiga ko’ra, usbu mojaro 120 ming insonning yostig’ini quritgan, 2 milliondan ortiq aholi uysiz.

Kotabato shahri yaqinida joylashgan isyonchilar lageridamiz. Moro Islomiy Xaloskorlik Jabhasi jangarilari o’z yetakchilari Murod Ibrohimni ko’tarinki ruhda kutib oladi. Liderning aytishicha, hukumat bilan muzokaralar yaxshi kechgan.

”Biz o’zimizni o’zimiz boshqarishni va siyosiy kelajagimiz va hayotimizni o’zimiz hal etishni istaymiz”, - deydi Murod Ibrohim, uni tinglashga kelgan ommaga qarata.

Isyonchilar orasida musulmonlar ko’p. Orol ahli 16-asrda ispan, 19-asrda esa amerikaliklardan ozod bo’lish uchun kurashgan. Bugunga kelib ular mutlaq mustaqillik emas, muxtoriyat talab qilmoqda.

Isyonchilar o’z sud tizimiga ega bo’lishni istasa-da, Filippin bilan yagona mudofaa tizimi, pochta xizmati va umumiy valyutadan foydalanishni to’gri deb biladi.

Hukumat bilan tezroq murosa qilinmasa, ayrim jangarilar yana zo’ravonlik yo’liga o’tishi mumkin.

Masalan, avgust oyida bir nufuzli yetakchi Moro Islomiy Xaloskorlik Jabhasidagi safdoshlaridan ajralib chiqdi va Filippin hukumatiga qarshi jihod e’lon qildi. U mutlaq mustaqillikni talab qilmoqda.

”Bu holda bizning yana janglarga qaytishimiz muqarrar”,- deydi Murod Ibrohim, xaloskorlik jabhasi lideri.

“Ammo biz buni xohlamaymiz. Jang qildik, yetar”.

Avgust boshida Murod Ibrohim Filippin prezidenti Benino Akvino bilan uchrashdi. Bu davlat rahbari uchun misli ko’rilmagan qadam bo’lsa-da, samara bermadi. Rasmiylar muxtoriyat tuzishni taklif etdi, isyonchilar esa davlat ichida davlat tuzish kerak deb turib oldi. Hukumat bunday qadam konstitutsiyaga xilof deya talabni rad etdi.

Hukumatning bosh muzokarachisi Marvik Leonen mojaro sulh bilan tugaydi degan umidda.

”Men Moro Islomiy Xaloskorlik Jabhasi va hukumatning takliflari bir-biri bilan hamohang deb hisoblayman. Agar Jabha hukumatning positsiyasini sitqi dildan tushunishga harakat qilsa, tinchlikka erishamiz”,- deydi rasmiy.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG