Moliyaviy tanazzul NATO kelajagiga raxna solmoqda

  • Amerika Ovozi

Moliyaviy tanazzul NATO kelajagiga raxna solmoqda

Moliyaviy tanazzul NATO kelajagiga raxna solmoqda

Iqtisodiy tanazzuldan qaddi bukilgan G’arb hukumatlari uchun tejamkorlik, xarajatlarni kamaytirish bugun bosh masala. AQSh va Yevropa Ittifoqi qarzdan qanday qutulish ustida bosh qotirmoqda. Dunyodagi eng kuchli harbiy blok sanalmish NATO ham moliyaviy kelajagi ustida o’ylanib qolgan.

Shu yilning mart oyida BMT a’zolari Liviyada harbiy operatsiya o’tkazish uchun ovoz berganida, bu ishni faqat bir tashkilot uddalay olishi hammaga ayon edi – NATO.

Alyans o’z kemalari va havo kuchlarini Liviyaga safarbar etdi. Muammar Qaddafiyga qarshi isyon natijasini mana shu harbiy missiya hal qildi.

Fransuz generali Stefan Abrial - NATOni yanada samarali blokka aylantirish uchun javobgar.

Liviya operatsiyasi NATO nimaga qodir ekanini namoyish etdi. Bunday vazifani yana kimga topshirish mumkin?

Moliyaviy tanazzul NATO kelajagiga raxna solmoqda

Moliyaviy tanazzul NATO kelajagiga raxna solmoqda

Ammo iqtisodiy krizis hech bir sohani chetlab o’tmadi. NATO yangi tahdidlarga qarshi kurash strategiyasini tuzib qo’ygan-u, lekin uni amalga oshirish uchun mablag’ yetarli emas.

Britaniya mudofaa vazirligi sobiq rasmiysi Daniel Korski Liviya operatsiyasini katta yutuq deb ta’riflaydi. AQSh va Yevropa sarfiyatni kesishga bel bog’lagan ekan, NATO islohoti sekin kechishi muqarrar.

Hozir “islohot uchun qancha moliya kerak” deb so’raydigan payt emas. Aksincha, harbiy dasturlar birinchi bo’lib kesilyapti. Ittifoqqa a’zo har bir mamlakatning o’z prioritetlari bor, hukumatlar fuqaro bilan hisoblashishga majbur. Iqtisodiy tanglik shuni talab qilayapti.

Yevropa Ittifoqi mudofaa agentligi sobiq rahbari Nik Vitni nazarida esa gap mablag’ yo’qligida emas, balki davlatlar orasida moliyaviy masalalarni muvofiqlashtiruvchi mexanizm yo’qligida.

Yevropada mudofaa uchun pul yetarli, lekin qaysi dasturlarga ishlatishni bilmaymiz. Koordinatsiya yetishmaydi, birgalikda ishlashni bilmaymiz. Umuman olganda, mudofaa muhim emas degan qarash mavjud.

Moliyaviy tanazzul NATO kelajagiga raxna solmoqda

Moliyaviy tanazzul NATO kelajagiga raxna solmoqda

General Stefan Abrial deydiki, siyosiy, gumanitar, siyosiy inqirozlar istagan payt, dunyoning istagan burchagida ro’y berishi mumkin. Tayyorgarlik NATO uchun eng muhim masala.

Alyans har qanday vaziyatga tayyor turishi kerak. Navbatdagi mojaro qachon, qayerda va qay shaklda yuz berishini oldindan hech kim aytolmaydi. Resurs va mablag’ yetarli bo’lsa effektiv javob berish mumkin, inqirozning oldini olish mumkin.

NATO mudofaa bobida yetakchilikni boy bermaymiz desa, kiber-terrorizm singari yangi tahdidlarni yengamiz desa, tashkilotga a’zo davlatlar mushtarak maqsadlarni ko’zlashi, hamkorlikni kengaytirishi lozim, deydi general Abrial.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG