Ko'chmas mulk bozori AQShda hamon inqirozda

  • Amerika Ovozi

Ko'chmas mulk bozori AQShda hamon inqirozda

Ko'chmas mulk bozori AQShda hamon inqirozda

Amerika iqtisodiyoti sal bo’lsa-da qaddini rostlagandek, ammo ko’chmas mulk bozorida savdo hamon sust.

To’rt yil oldin Amerika va dunyoni larzaga solgan moliyaviy inqiroz ayniqsa ko’chmas mulk bozorini ostin-ustun qildi.

Kaliforniya, Nevada va Florida shtatlari katta zarar ko’rdi. Minglab odamlar kreditni o’z vaqtida to’la olmay uyidan ayrildi.

Mayami

Mayami

Ko’chmas mulk agentlari uyushmasi rahbari Mo Veysi deydiki, vaziyat yaxshilanmoqda, ammo juda sekinlik bilan.

"Iqtisodchilar nazarida kelasi ikki, uch, balki to’rt yilda Florida, ayniqsa, uning janubi-sharqiy qismi oyoqqa turadi", - deydi Veysi.

Ko’chmas mulk agentlari uyushmasi hammasi yaxshi bo’ladi deb tinchlantirishga harakat qilsa-da, millionlab amerikaliklar uy uchun kreditni to’la olmay xunob. Davlat ahvoli og’ir oilalarga yordam berish uchun yaqinda yangi dastur tanishtirdi. Lekin u hali Kongress tasdig'idan o'tmadi.

Ko'chmas mulk bozori AQShda hamon inqirozda

Ko'chmas mulk bozori AQShda hamon inqirozda

Prezidentlikka intilayotgan respublikachi Mitt Romni deydiki, davlat umuman aralashmasligi kerak.

Romni nazarida muammo bor, davlat buni tan oladi, ammo odamlarning o’zi oyoqqa turishi kerak, banklar o’zini o’zi tiklashi lozim.

Veysi bunga fikrga qo’shilmaydi. Uning nazarida respublikachi da’vogarlar saylov kampaniyasi paytida ipoteka masalasiga jiddiy e’tibor berishi kerak.

"Yaqinda uy sotib olgan odamlarga foiz stavkalarini tushirishda, uylarini saqlab qolishda qanday yordam bera olishadi? Mana shular haqida gapirish kerak. Uy-joy masalasi saylovlarda muhim mavzu bo’lishi zarur", - deydi u.

Ko’chmas mulk agentlari uyushmasi rahbariga ko’ra, dekabr oyida ipoteka bozori chaqqon bo’lmagan bo’lsa-da, ahvol sekin-asta yaxshilanmoqda. Ikkilamchi savdo kuchayayapti, uy qurilishlari jonlanmoqda, foiz stavkalari hali bu qadar past bo’lmagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG