Breaking News

Floridada 5 kishini otib tashlagan shaxs ruhiy xasta bo'lishi mumkin


AQShning Florida shtati Fort-Loderdeyl shahri aeroportida 5 kishini otib o'ldirib, 8 kishini yaralangan shaxs qo'lga olingan va uni so'roq qilish jarayoni davom etmoqda. Ayni paytda aeroport qayta ochilgan.

Otishma 6 yanvar kuni aeroportning yuk topshirish bo‘linmasi oldida sodir bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, jinoyat asli Lotin Amerikasidan bo'lgan Esteban Santyago ismli shaxs tomonidan sodir etilgan. U Floridaga Alyaska shtatidan uchib kelgan.

Santyago Milliy gvardiya tarkibida Puerto-Rikoda xizmat qilgan. O'tgan yili u o'z ixtiyori bilan ruhiy kasalliklar shifokori ko'rigidan o'tgan. Uning aytishicha, u har-xil ovozlarni eshitgan; uni hatto "Islomiy davlat"ga qo'shilishga da'vat etishgan.

Santyago 2010-2011-yillar 10 oy Iroqda ham xizmat qilgan. Shundan so'ng Alyaska shtatida 2016-yil avgustgacha Milliy gvardiyada xizmat qilgan. Yaxshi xizmat ko'rsatmagani uchun uni gvardiyadan bo'shatishgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, uning yarim-avtomat quroli samolyotga ortilgan yuk sumkasida bo'lgan. U Floridaga yetib kelgach, sumkasini olib, so'ng hojatxonada uning ichidagi qurolni olib o'qlagan va shundan so'ng odamlarga qarata o't ochgan.

AQSh Prezidenti Barak Obama, Florida gubernatori Rik Skot fojeadan qattiq afsusda ekanliklarini bildirdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG