2011-yil bashorati: tibbiyotda taraqqiyot, iqtisodiyotda esa mavhumlik

  • Amerika Ovozi

2011-yil bashorati: tibbiyotda taraqqiyot, iqtisodiyotda esa mavhumlik

2011-yil bashorati: tibbiyotda taraqqiyot, iqtisodiyotda esa mavhumlik

Jahon miqyosida bashoratlar bilan shug'ullanuvchi tashkilot nazarida kelasi yil qator sohalarda jiddiy o'zgarishlar kutilmoqda.

2010-yil keskin ob-havo, iqtisodiy tanazzul va tibbiy texnologiyadagi yutuqlar bilan esda qoladigan bo'ldi. 2011-yilda insoniyatni nimalar kutmoqda? Nufuzli tashkilotning bu savolga javobi tayyor.

Global iqtisodiy, texnologik va ijtimoiy o'zgarishlarni kuzatib, o'rganuvchi tashkilot rahbari Tim Makning aytishicha, 2011-yilda tibbiyotda yirik ijobiy yangiliklar kutilmoqda.

"Tibbiy texnologiya qanchalar taraqqiy etib borayotgani odamni hayratga soladi", - deydi bu odam.

Tim Makning aytishicha, nanotexnologiya, biotexnologiya va axborot texnologiyalari tibbiyotda ancha qo'l kelib, bemorlarni davolashning yangidan yangi yo'llarini taklif qilmoqda.

Uning fikricha, dori tayyorlashning yangi usullari, tig'siz tashxis qo'yish shular jumlasidan.

Robotlar ham borgan-sari takomillashib borar ekan, kelajakda zakovatli robotlar nogironlarga as qotishi mumkin.

Ekologiya borasida, deydi Tim Mak, xalqaro hamjamiyat iqlim o'zgarishiga qarshi chora topmasa, salbiy oqibatlarga guvoh bo'lishda davom etamiz.

"Ba'zida bu jarayon ta'sirini tushuntirib berish qiyin. Masalan, okean haroratidagi o'zgarishlarning undagi mavjudotlar va suv florasiga ta'sirini", - deydi u.

Tim Makning aytishicha, jahonda atrof-muhit ifloslanishiga katta "hissa" qo'shayotgan davlatlardan biri bu - Xitoy.

"Xitoy ekologiya muhofazasi uchun sust harakat qilmoqda. Elektr quvvatini olish uchun haligacha ko'mir yoqishadi yoki atmosferani zaharlovchi boshqa usullardan foydalanishadi", - deydi u.

Biroq shu bilan birga, deydi mutaxassis, Xitoyda bu siyosatni o'zgartirishga harakat qilayotgan yangi avlod ulg'aymoqda.

Tim Mak iqtisodiyotga ham nazar tashlar ekan, global tanazzul Amerikada odamlarning biznes yuritish uslubini o'zgartirganiga e'tibor qaratadi. Iqtisodiy vaziyatni bashorat qilish qiyin, deydi u.

"Krizisning qachon butkul tugashi va, umuman, kelasi yili tugaydimi, yo'qmi, bilmaymiz. Bir sababi shuki, iqtisodiy tizim tanazzulga moslashib bormoqda", - deydi u.

Masalan, kompaniyalar tanglik asoratlariga qarshi chora sifatida pensiya va sog'liq sug'urtasiga doir imtiyozlarni kesmoqda, biroq krizis tugasa, imtiyozlar qaytadimi, yo'qmi, Tim Mak buni bilmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG