G'arb O'zbekiston oq oltinidan yuz o'girgan... Siz nima deysiz?

  • Amerika Ovozi

G'arb O'zbekiston oq oltinidan yuz o'girgan... Siz nima deysiz?

G'arb O'zbekiston oq oltinidan yuz o'girgan... Siz nima deysiz?

O'zbekni uning paxtasi boqadi deyishadi. Bugun respublika bo'ylab oq oltin xirmoni uyilar ekan, asosiy maqsad dalada yotgan boylikni tezroq yig'ib-terib olish.

O'tgan yili mamlakat 4,1 million tonna paxta yetishtirgan. Shuning 65 foizi eksport qilingan. Yaqinda Toshkentda o'tgan xalqaro yarmarkada G'arbning biror kompaniyasi bilan buyurtma imzolanmagan.

Sabab Yevropa Ittifoqi, AQSh va Kanada bizneslari O'zbekiston paxta dalalarida bolalar ishlatilishidan norozi. Kiyim-kechak ishlab chiqaradigan va sotadigan o'nlab firmalar O'zbekiston paxtasidan shu sabab yuz o'girgan.

Paxtakorning dardi planni bajarish. Terimchining dardi mehnat haqqini olish. Hukumatning dardi esa hosilni egasiga topshirib, daromadni hisoblash.

O'zbekiston rahbariyati nazarida, paxta terish - vatanparvarlik. Qolaversa, deydi rasmiylar, bolalar dalaga majburan emas, o'zi xohlab chiqmoqda. Paxta G'arb olmasa, sharqda ishonchli hamkorlar bor, xususan Xitoydek yirik xaridor.

Paxtazorlarda yurgan millionlab insonlarning fikri nima?

Korxonalar ishdan to'xtagan. Maktab va o'quv yurtlari yopilgan. Kattayu kichik paxtada.

Terim uchun haqni vaqtida to'lashayaptimi? Uni xohlab terayapsizmi yoki majburan?

Xorijdagi tanqidlarga nisbatan nima deysiz? Bolalar, xalqaro axborot vositalari yoritayotganidek, haqiqatan ham ekspluatatsiya qilinayaptimi? Terimchilar uchun sharoit qalay?

Oq oltinni terish kim uchundir tirikchilik, kim uchundir vatanparvarlik, yana kim uchundir esa majburiyat. Ayrimlar "hammasi" deydi. Siz nima deysiz?

Fikrlaringizni anonim tarzda mana shu yerda bildirish, keng omma bilan baham ko'rishingiz mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG