Fransiyada terror hujumi, bir kishi o'lgan

  • Amerika Ovozi

Fransiya janubi-sharqidagi zavod hujumga uchrab, kamida bir kishi o'lgan.

Fransiya janubi-sharqidagi zavod hujumga uchrab, kamida bir kishi o'lgan.

Fransiya janubi-sharqidagi zavod hujumga uchrab, kamida bir kishi o'lgan.

Prezident Fransua Ollanning aytishicha, Lion shahrida ertalab soat 10 larda ro'y bergan bu terror xuruji yuzasidan bir kishi ushlangan. Yosin Solihiy ismli bu shaxs yoshi 30 larda. Uning uyidan yana ikki kishi hibsga olingan.

Prezident xavfsizlik choralarini oshirgan.

Guvohlarning aytishicha, Solihiy mashinasini imoratga haydab borib, portlash sodir etgan.

Kimyoviy zavod darvozasiga bir odamning kallasi qadab ketilgani, yoniga arab yozuvi tushirilgan bayroq osilgani xabar qilinadi. Marhum mahalliy tadbirkor, Solihiyning rahbari bo'lgan, deydi politsiya.

Rasmiylar inshootning barcha xodimlari sog'-omon ekanini aytmoqda. Ikki kishi jarohatlangan.

Fransiyada yanvar oyida hajviy jurnalning tahririyati hujumga uchraganidan beri xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. O'shanda Parij va uning tevaragida 20 kishi halok bo'lgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG