Fransiyada kurd faollari otib o'ldirilgan

  • Amerika Ovozi

Parijda otib ketilgan kurd faollari, 10-yanvar, 2013-yil.

Parijda otib ketilgan kurd faollari, 10-yanvar, 2013-yil.

Fransiya politsiyasiga ko’ra, poytaxt Parijda uch nafar kurd faoli otib ketilgan. Barchasi ayollar. Ulardan biri Kurdiston ishchilar partiyasi jangari harakatining asoschisi ekani aytilmoqda.

Kurdiston ishchilar partiyasi Turkiyada Kurdiston muxtoriyati uchun kurashib keladi. Fransiya politsiyasi voqea bo’yicha jinoiy ish qo’zg’atgan. Mamlakat Ichki ishlar vaziri Manuel Valls qotillik sodir etilgan joyni ko’zdan kechirgan.

"Uch ayolning qatl etilgani juda ham jiddiy masala. Tergovga prokuraturadan tashqari aksil-terror idora ham jalb etilgan", - deydi vazir.

Parijda kurd faollari qotillikni qoralab, Turkiyaga qarshi shiorlar aytib, hayqirgan.

Turkiya matbuotidan ma’lum bo’lishicha, Kurdiston ishchilar partiyasining qamoqdagi rahbari Abdulla O’jalan rasmiy Anqara bilan kurd jangarilari harakatini bas qilishga kelishgan.

28 yildan buyon davom etayotgan kurashda minglab odamlar o’lgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG