Breaking News

Xurujning oldini olgan britaniyalik va uch amerikalik Fransiyada oliy mukofot bilan taqdirlandi


Fransiya Prezidenti Fransua Olland (markazda) qahramonlar bilan, Parij, 24-avgust, 2015-yil
Fransiya Prezidenti Fransua Olland (markazda) qahramonlar bilan, Parij, 24-avgust, 2015-yil

Fransiya Prezidenti Fransua Olland dushanba kuni tezyurar poyezdda qurollangan bir shaxsni to’xtatib qolgani uchun bir britaniyalik va uch amerikalikni mamlakatning eng oliy mukofoti "Sharaf Legioni" medali bilan taqdirladi.

Parijda o’tgan taqdirlash marosimida Prezident Olland britaniyalik Kris Norman, amerikaliklar – Spenser Stoun, Alek Skarlatos va Entoni Sadler ko’kragiga medal taqdi.

“Terrorchi jinoyat sodir etishga qaror qildi. Xunrezlikni amalga oshirish uchun unda yetarli qurol va o’q-dori bor edi. Agar siz o’z hayotingizni xavf ostiga qo’yib uni to’xtatmaganingizda edi, xuddi shu narsa ro’y bergan bo’lardi”, - dedi Olland.

Hozir Fransiyada yashovchi Normanning aytishicha, qurollangan shaxs u va amerikaliklar turgan vagonga kirib, yo’lovchilarga qarata baqira boshlagan.

"Uning qo’lida Kalashnikov avtomati, to'pponcha va pichoq bor edi", - deya xotirlaydi britaniyalik.

Fransiya huquq-tartibot xodimlari hozir asli marokashlik 25 yoshli Ayub Xazzaniyni so'roqqa tutmoqda. U o’tgan yili Suriyaga borgani ma’lum. Xazzani poyezdga Bryusselda chiqgan.

Uning advokatiga ko'ra, Xazzaniy poyezdga o’g’rilik qilish maqsadida chiqgan va terrorizm haqidagi ayblovlar asossiz.

Xazzaniyni birinchi bo’lib payqagan Fransiya fuqarosi ham bugun taqdirlandi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG