Breaking News

Fransiya yangi prezidenti qasamyod keltirdi


Prezidentlik muddati tugagan Fransua Olland (markazda chapda) va yangi saylangan Prezident Emmanuel Makron, Yelisey saroyida inauguratsiya paytida, Parij, 14-may, 2017-yil
Prezidentlik muddati tugagan Fransua Olland (markazda chapda) va yangi saylangan Prezident Emmanuel Makron, Yelisey saroyida inauguratsiya paytida, Parij, 14-may, 2017-yil

Fransiyaning Napoleon Bonapart paytidan beri eng yosh davlat rahbari (39 yoshda) yakshanba kuni qasamyod keltirdi. Saylovlarning ikkinchi bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan Emmanuel Makron rasman prezidentlikka kirishdi. Parijdagi Yelisey saroyida o'tgan inauguratsiya marosimida muddati tugagan Prezident Fransua Olland ham qatnashdi.

Makron sentrist, Yevropa Ittifoqi tarafdori, mamlakatdagi biror partiyadan nomzod bo'lmasdan, umridagi ilk siyosiy kampaniyasida g'alaba qozondi.

O'tmishda sarmoya bankiri bo'lib ishlagan Makron 2006- yildan 2009-yilgacha Sotsialistlar partiyasiga a'zo bo'lgan, Olland hukumatida ikki yil iqtisodiyot vaziri bo'lib ishladi.

Parij, 14-may, 2017
Parij, 14-may, 2017

Qasamyod marosimida u Fransiyani birlashtirishga, Beshinchi Respublikaga yangi hayot bag'ishlashga so'z berdi.

“O'nlab yil davomida Fransiya o'z kuchiga ishonmay, ikkilanib keldi. Fransiya dunyoga, Yevropaga havoday zarur", - dedi u.

Biroq mamlakatni birlashtirish oson bo'lmasligi mumkin. Saylovlarning ikkinchi bosqichida Makron 21 million fuqaroning ovozini olgani bilan uning millatchi raqibi Marin Le Penga 12 million odam ovoz berdi. Yana millionlab fransuzlar saylovga chiqmagan, to'rt millioni esa har ikki nomzodga noroziligini ko'rsatish uchun saylov byulletenini yirtib tashlagan.

Kelasi oy bo'ladigan parlament saylovlarining natijasi juda muhimdir. Makron keng koalitsiya tuzishga harakat qiladi. So'rov natijalariga ko'ra, Makron bir yil oldin asos solgan "Olg'a, Respublika" harakatidan nomzodlar 577 o'rinlik quyi palatada ko'plab mandatlarni qo'lga kiritishi mumkin.

Parij, 14-may, 2017
Parij, 14-may, 2017

Ko'p narsa dushanba kuni bosh vazir lavozimiga kimning tayinlanishiga bog'liq. Agar bu lavozimga raqib siyosiy partiya vakili tayinlansa, parlament saylovlarida ko'pchilik o'rinlarni yuta olmasa-da, Makron shu partiya bilan ittifoq tuzishga majbur bo'ladi. Bunday taqdirda, u ba'zi rejalarini amalga oshirolmay qolishi mumkin bo'ladi, deydi kuzatuvchilar.

Makron davlat sarfiyatlarini tushirib, mehnat bozorini jonlantirmoqchi. Shu bilan birga, aholining globalizatsiya jarayonlaridan zarar ko'rgan qatlamiga yordam ko'rsatmoqchi.

Dushanba kuni Makron Fransiya prezidenti sifatida ilk xorijiy safarga chiqadi. Berlinda u Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashmoqchi.

Makronning oilasiga kelsak, rafiqasi Brijit Tronye undan 24 yosh katta, o'rta maktabda uning o'qituvchisi bo'lgan, 2007-yilda turmush qurishgan. Makronning Brijitdan farzandi yo'q, ammo rafiqasining birinchi nikohdan uch farzandi bor, ikkisining yoshi Makronnikidan katta.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG