Parijda birdamlik yurishi o'tdi

  • Amerika Ovozi

Parij, 11-yanvar, 2015-yil

Parij, 11-yanvar, 2015-yil

Fransiya poytaxti Parijda yuz minglab odamlar shu hafta shaharda ro'y bergan terror xurujlariga qarshi namoyishga chiqqan. Fransiya, Britaniya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Isroil, Mali, Falastin va Ukraina rahbarlari tadbirda qatnashgan. AQShdan Parijga Adliya vaziri Erik Xolder borgan.

Bugun AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Hindistonga safari chog'ida terrorchilar yurishga g'ov bo'la olmaydi, dedi.

"Dunyoning turli chekkasidan bo'lsak ham bugun Fransiya xalqi bilan birdammiz. Ekstremizmga qarshi kurashga shaymiz", - dedi Kerri.

Kecha Fransiyaning bir necha shahrida 700 mingdan ziyod odam ko'chaga chiqib, sukutda namoyish qildi.

Bosh vazir Manuel Vals yahudiylar do'koni yonida odamlarning garovga olinib, to'rt nafarining o'ldirilganini qoraladi.

"Fransiyani yahudiylarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi", - dedi u.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Yevropada yashovchi yahudiylarga da'vat qilib, ularni Isroilga ko'chishga undamoqchi.

Juma kuni Amedi Kulibali ismli bir odam do'kon mijozlarini garovga olib, chorshanba kuni "Sharli Ebdo" satirik jurnali tahririyatiga hujum qilib, 12 odamni o'ldirgan aka-uka Kuashilar bilan birdam ekanini aytgan. Xavfsizlik kuchlari garovdagilarni ozod etish uchun amaliyot o'tkazgan. Juma kuni politsiyadan qochayotib Kuashilar ham Parij tevaragidagi tipografiyada bir odamni garovga olib, amaliyot paytida ikkisi ham nobud bo'lgan.

AQSh, Yevropa va Yaman razvedkasiga ko'ra, Said Kuashi al-Qoida tomonidan tayyorgarlikdan o'tgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG