Fransiyada musulmonlarga qarshi kayfiyat kuchaymoqda

  • Amerika Ovozi

Parijdagi xurujda halok bo'lgan politsiyachilarning dafn marosimi, 13-yanvar, 2015-yil

Parijdagi xurujda halok bo'lgan politsiyachilarning dafn marosimi, 13-yanvar, 2015-yil

Fransiyada "Charlie Hebdo" jurnali tahririyatiga hujum qilingan kuni o'ldirilgan musulmon politsiyachining dafn marosimida yuzlab musulmonlar va politsiyachilar ishtirok etdi. Ahmed Merabet musulmonlarning Bobigni qabristoniga dafn etildi.

Terror xurujida qurbon bo'lgan 17 odamning uch nafari politsiyachi edi. Internetda paydo bo'lga videoda aks etishicha, Merabet "Charlie Hebdo" jurnali tahririyati binosi tashqarisida boshidan otib ketilgan.

Uning dafn marosimida qatnashgan hisobchi Robert Lobening aytishicha, hozirgi sharoitda, dinidan qat'i nazar, hamma bir tanu bir jon bo'lib harakat qilishi kerak.

"Musulmon bo'lasizmi, yahudiy, nasoro yoki ateistmi, biz yagona odamlar bo'lib birlashishimiz kerak", - deydi u.

Ko'plab fransuzlar "Men Sharliman" shiori bilan birga, halok bo'lgan musulmon politsiyachiga hamdardlik sifatida "Men Ahmadman" yozuvlarini ham ko'tarib chiqishdi.

Ammo mamlakatda xurujlar ketidan masjidlarga va musulmonlarga hujumlar ko'paygan.

"Islomofobiyaga qarshi observatoriya" guruhi rahbari Abdulloh Zikriyning aytishicha, Fransiyada musulmonlarga qarshi nafrat va ayirmachilik kuchaygan.

"Biz terrorizmga qarshi ekanimizni namoyish etdik. Lekin, afsuski, hamma musulmonlarni terrorchilar va jinoyatchilar deb hisoblovchi odamlar bor", - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG