Breaking News

Fransiyada prezident saylovlari. Sotsialist Fransua Olland oldinda


Fransua Olland
Fransua Olland

Yakshanba kuni Fransiyada bo’lib o’tgan prezident saylovlarida sotsialistlar partiyasidan nomzod Fransua Olland g’alaba qozongani aytilmoqda.

U amaldagi prezident Nikolya Sarkozidan o’zib ketdi: ovozlarning 29 foizini olishga muvaffaq bo’ldi. Sarkoziga 26 foiz saylovchilar ovoz bergan.

Prezidentlikka yana sakkiz nomzod Olland va Sarkozidan ancha ortda. Immigrantlarga qarshilik bildirib keladigan millatchi nomzod Mari Le Pen uchunchi o’rinda.

Saylovning ikkinchi bosqichi 6 may kuni bo’lib o’tadi.

Olland o’zini Fransiya prezidentligiga eng loyiq arbob deydi.

U Sarkozini xalq orasida tarqoqlikni kuchaytirganlikda ayblab, mening maqsadim birdamlik, deya ta’kidlaydi.

U shuningdek badavlat odamlar katta soliq to’lashi kerakligini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG