Fransiyada motam. Terror xurujiga aloqadorlar qidirilmoqda

  • Amerika Ovozi

Fransiya politsiyasi Parijdagi otishmaga javobgar ikki odamni qidirar ekan, bugun ularga aloqadorlik gumoni bilan to'qqiz kishi hibsga olingan.

Bosh vazir Manuel Valsning aytishicha, ikki terrorchining kimligi razvedkaga ma'lum.

Ular kecha "Sharli Ebdo" satirik jurnali tahririyatiga qurol bilan bostirib kirib, 12 odamni o'ldirgan, 11 kishi jarohatlangan.

Bosh vazir ular ushlanmasa, yana bir xuruj kelib chiqishi mumkinligidan xavotirda.

Matbuotdagi xabarlarga ko'ra, Hamid Murod ismli 18 yashar yigit o'zini politsiyaga topshirgan. Ikki aka-uka ham qidirilmoqda. Biri terrorizm ayblovi bilan qamoqda o'tirib chiqqani aytiladi.

Politsiyaga ko'ra, terrorchilar qochgan mashinadan birining hujjati topilgan. Mamlakatda motam e'lon qilingan.

Kecha Fransiyada minglab odamlar zo'ravonlikka qarshi namoyish qilgan. Bugun esa mamlakatning bir necha qismida masjidlarga hujumlar uyushtirilgan. Ayrimlar musulmonlarni xurujda ayblamoqda. Fransiyadagi musulmon yetakchilar voqeani qoralagan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG