Kerri: AQSh va Fransiya terrorizmga qarshi birga turib beradi

  • Amerika Ovozi

Jon Kerri, Fransiya Tashqi ishlar vaziri Loran Fabius Parijda. 16-yanvar, 2015-yil.

Jon Kerri, Fransiya Tashqi ishlar vaziri Loran Fabius Parijda. 16-yanvar, 2015-yil.

Davlat kotibi Jon Kerrining aytishicha, Qo'shma Shatlar va Fransiya terrorizmga qarshi birga turib beradi. Bosh diplomat Fransiyani Amerikaning eng keksa ittifoqchisi deya ta'rifladi.

Jon Kerri Parijdagi marosimda qatnashdi va o'tgan hafta 17 odamni hayotdan olib ketgan xurujlar ro'y bergan joylarga gulchambar qo'ydi.

AQSh rasmiysi hujumlarni razillik, qo'rqoqlik deya ta'riflayapti. Qo'shma Shtatlar ahli bu voqealardan dahshatda, deydi Kerri. Qon to'kilishlari ketidan Amerika hamda Fransiya nafratga berilmaydi, balki ozodlik, haqiqat va mehr yo'lida birlashadi, dedi u.

Fransiya rahbari Fransua Ollandning aytishicha, Parijdagi xurujlar islom uchun haqoratdir. Terrorizmdan jabr ko'rayotgan ham aynan musulmonlar, dedi prezident.

Prezident Olland, Tashqi ishlar vaziri Loran Fabius va Jon Kerri bugun fojea sodir etilgan joylarga borib, hamdardlik bildirdi va gulchambar qo'ydi.

Parijda "Charlie Hebdo" haftanomasining idorasiga o'tgan chorshanba qurollangan ikki odam bostirib kirib, 12 kishini otib o'ldirgan edi. O'tgan juma shahardagi yahudiy do'koniga hujum yana to'rt kishini hayotdan olib ketgan. "Charlie Hebdo" nashri islom va boshqa dinlarni kulgiga oluvchi karikaturalarni chop etib tanilgan.

Obama ma'muriyati yakshanba kuni poytaxtda o'tgan aksil-terror yurishiga yuqori mansabli rasmiysini jo'natmay xato qilganini tan olmoqda. Yirik yig'inda dunyo yetakchilari qatnashgan.

Bu orada, Fransiya politsiyasi Parijdagi xurujlarga aloqadorlik gumoni bilan kamida 10 odamni ushlagan.
Mamlakatda hujumlar qaytalanishi mumkin, degan xavotir bor.

Al-Qoidaning Yamandagi qanoti fojea ortida turganini da'vo qilayapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG