Ozodlik uyi nazarida O'zbekiston repressiya ostida yashayotgan jamiyatlardan biri

  • Amerika Ovozi

Inson huquqlari bo’yicha “Freedom House” – Ozodlik uyi tashkiloti dunyoning eng repressiv davlatlari ro’yxatini chop etgan. Bu yilgi hujjatda Turkmaniston va O’zbekiston ham tilga olinadi.

Tashkilot yillik hisobotida siyosiy huquq va fuqaro erkinligi bilan bog’liq ahvolni tahlil qiladi. Joriy 2010 yilgi ro’yxatda 17 davlat zikr etilgan. Freedom House ta’rificha, bu yurtlarda xalq muntazam bosim ostida, inson huquqlari poymol etilgan, so’z va matbuot erkinligi bog’ilgan.

Bu ro’yxatni tuzishdan maqsad, deydi Ozodlik uyi rasmiysi Pola Shrayfer, bu davlatlardagi ahvolga e’tibor qaratish, vaziyatni o’zgartirish.

Hujjatga ko’ra, ayniqsa, to’qqiz davlatda huquqiy ahvol o’ta og’ir: Birma, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Liviya, Shimoliy Koreya, Somali, Sudan, Turkmaniston va O’zbekiston.

Ro’yxatga kirgan uch o’lka BMT Xavfsizlik Kengashiga a’zo. Bular Xitoy, Kuba va Saudiya Arabistoni. Liviya ham yaqinda bu nufuzli idoraga qabul qilingan.

Bu sharmandali hol, deydi Pola Shrayfer. “Kengash zarur chora ko’rishi, yuksak huquqiy tashkilot nomini oqlashi kerak”, - deydi u.

BMT Inson Huquqlari Kengashi 2006 yildan beri faoliyat ko’rsatadi. Shundan beri huquqiy ahvol eng ayanchli davlatlar ro’yxatiga kirgan Birma, Gvineya, Somali, Sudan va Shimoliy Koreyaga nisbatangina qonuniy chora, xalqaro rezolyutsiya qabul qilingan xolos.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG