Ozodlik uyi: Matbuot erkinligi bobida siljish bor

  • Amerika Ovozi

Izlanish 197 davlat va o'lkalarni o'z ichiga oldi. AQShda asoslangan nodavlat tashkilot, "Freedom House" demokratik o'zgarishlarni qo'llab-quvvatlab, dunyoda erkinlik bilan bog'liq ahvolni kuzatadi, inson huquqlari va demokratiyani himoya qiladi

Izlanish 197 davlat va o'lkalarni o'z ichiga oldi. AQShda asoslangan nodavlat tashkilot, "Freedom House" demokratik o'zgarishlarni qo'llab-quvvatlab, dunyoda erkinlik bilan bog'liq ahvolni kuzatadi, inson huquqlari va demokratiyani himoya qiladi

Freedom House, Ozodlik uyi hisobotiga qaraganda, jahonda matbuot erkinligi bilan bog’liq vaziyatda olg’a siljish bor. Oxirgi sakkiz yilda birinchi bor. Biroq avval erkin deb sanalgan yurtlarda nuqsonlar kuzatilmoqda (Ukraina, Makedoniya, Chili, Vengriya) deyiladi unda.

Hujjatda arab uyg’onishi natijasida, ayniqsa, Misr, Liviya va Tunis o’zgarishlarga yuz tutgani ta’kidlanadi. "Tunis va Liviya kabi davlatlarda hali vaziyat butkul erkin emas va bu mintaqada demokratik taraqqiyot ehtiyot qilinishi, himoyaga olinishi darkor", - deydi Freedom House prezidenti Deyvid Kramer.

Birma, Niger, Zambiya kabi mamlakatlarda ijobiy o’zgarishlar salmoqli.

Biroq mustaqil matbuot, jurnalistika siquvda qolayotgan jamiyatlar yo’q emas: Bahrayn, Suriya, Xitoy, Rossiya, Eron, Venesuela ana shular jumlasidan.

So’z va fikr erkinligi eng ko’p bo’g’ilayotgan davlatlar safida esa Belarus, Kuba, Shimoliy Koreya, Turkmaniston va O’zbekiston qayd etilgan.

Bu mamlakatlarda mustaqil jurnalistika yo’q hisob, pressa mavjud tuzum karnayi rolini o’taydi, fuqaro xolis axborot olish imkoniga ega emas, tanqidiy fikr tazyiq ostida, deyiladi Freedom House hisobotida.

"Avtoritar hukumatlar g'alayonlardan qo'rqib arab dunyosidagi qo'zg'olonlarga doir axborotni to'sdi. Xitoy, Afrika va Yaqin Sharqdagi qator davlatlarda rahbariyat internet, telefonlar ustidan nazoratni oshirdi", - deyiladi hujjatda.

Izlanish 197 davlat va o'lkalarni o'z ichiga oldi. 33,5 foizi erkin, 36,5 foizi qisman erkin, 30 foizi erkin emas, deya ta'riflandi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG