To’rt fransuz jurnalist Suriyada garovdan ozod

  • Amerika Ovozi

Hims - urushda vayron bo'lgan shahar

Hims - urushda vayron bo'lgan shahar

To’rt fransuz jurnalist Suriyada garovdan ozod. Ular bir yilcha oldin Turkiya bilan chegaradosh hududda olib qochilgan edi.

Fransiya prezidenti Fransua Olland ularning qo’yib yuborilganini olqishlab, muxbirlarni qahramonlar deb atagan.

Ularning sog’liqlari joyida va tez orada vatanga qaytadi, deydi prezident.

Jurnalistlar “Reuters” axborot agentligiga ishlagan. Ularni turk askarlari, ko’zlari va qo’llari bog’langan holda topgan.

Parijda asoslangan xalqaro tashkilot, “Chegara bilmas muxbirlar”, nazarida Suriya jurnalistlar uchun eng xavfli mamlakat.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG