Katta Yigirmalik global iqtisodni muhokama qilmoqda

  • Amerika Ovozi

Sammit o'tayotgan Avstraliya ko'chalarida

Sammit o'tayotgan Avstraliya ko'chalarida

Avstraliya Bosh vaziri Toni Abbot Tinch okeani bo'yidagi Brisban shahrida Katta Yigirmalik sammitini ochar ekan, davlatlarni global iqtisodiyotni kengaytirishga undadi.

Dunyoning eng qudratli 20 davlati asosiy e'tiborni iqtisod, mintaqaviy mojarolar va iqlimdagi muammolarga qaratishi kerak, deydi Abbot.

"Qayerga qaramang, muammo va qiyinchiliklar. Yaqin Sharqda urushlar, Sharqiy Yevropada ham notinchlik. Afrikada ham ahvol og'ir. Umid va optimizm bilan harakat qilishimiz, rivojlangan mamlakatlar bir yoqadan bosh chiqarib, masalalarni hal etishimiz kerak",- deydi Avstraliya rahbari.

Sammitda har bir davlat kelasi besh yilda o'z iqtisodiyotini ko'tarish uchun qanday rejaga ekanini tushuntirib berishi kutilmoqdda. Global ishlab chiqarish miqdorini 2 trillion dollarga yetkazish rejalangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG