AQSh Yevropaga qanday yordam bera oladi?

  • Amerika Ovozi

AQSh Yevropaga qanday yordam bera oladi?

AQSh Yevropaga qanday yordam bera oladi?

Qo’shma Shtatlar nazarida, Gretsiyadagi siyosiy inqirozga qaramasdan, Yevropa Ittifoqi yaqinda qabul qilgan, qarz muammosini hal etishga qaratilgan reja amalga oshishi kerak.

Katta Yigirmalikka a’zo davlatlarning Fransiyada o’tayotgan majlisida krizis tarqalishining oldini olish yo’llari muhokamada.

AQSh prezidenti Barak Obama Fransiyaning Kann shahriga yetib kelishi zahoti Yevropa rahbarlari bilan muloqotga kirishdi. Gretsiyani jar yoqasiga olib kelgan muammolar butun qit’ani o’z girdobiga tortishi hech gap emas. Amaliy choralarni kechiktirib bo’lmaydi.

Gretsiya Bosh vaziri Yorgus Papandreu referendum taklifidan voz kechdi

Gretsiya Bosh vaziri Yorgus Papandreu referendum taklifidan voz kechdi

Gretsiyaning 140 milliard dollar qarzidan kechishga doir kelishuvga ham erishilgan.

Ammo, kutilmaganda, bu mamlakat Bosh vaziri Yorgus Papandreu xalq fikrini ham bir o’rganaylik deb loyihani referendumga qo’ymoqchi bo’ldi.

Katta Yigirmalik sammitida nafaqat Yevropa rahbarlari, balki o’z vazirlaridan ham dakki yegan Papandreu fikridan qaytishga majbur bo’ldi.

“Yevropa Ittifoqi a’zosi bo’lib qolmoqchi bo’lsangiz, kelishuv shartlarini bajarasiz. Bo’lmasa, bir tiyin ham olmaysiz ”, degan ogohlantirish ish bergan. Lekin Gretsiya bosh vaziri bu mashmashani deb ishdan ketish niyati yo’q.

Prezident Obamaning maslahatchisi Ben Rouds fikricha, yechim tomon harakat davom etishi zarur.

“Bir mamlakatda bo’layotgan voqealar butun qit’a barqarorligini izdan chiqarishiga yo’l qo’ymang. Yevrozonani mustahkamlashga doir shart-talablarni darhol bajarishga kirishmoq lozim”, - deydi AQSh rasmiysi jurnalistlar bilan suhbatda.

AQSh Yevropaga qanday yordam bera oladi?

AQSh Yevropaga qanday yordam bera oladi?

Ammo Vashington bu masalada qanday ta’sir kuchiga ega, qanday yordam bera oladi, degan savolga aniq javob yo’q. AQShning o’zi qiyin bir ahvolda.

Prezident Obamaning aytishicha, ilg’or davlatlar bir davraga yig’ilishidan maqsad – takliflarni o’rtaga tashlash.

“Yevropa o’zini bu botqoqdan chiqarib olish uchun yetarli resursga ega. Keng qamrovli choralar ko’rilayotgani rost”, - deydi u.

Obama Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi bilan bir soatcha muloqotda bo’ldi. Xulosa shuki, Yevropani qutqarishga doir reja tafsilotlari haqida ko’proq ma’lumot berilsa, bu sarmoya bozorlariga bir oz tinchlik olib kelgan bo’lardi.

Nikolya Sarkozi qit’a boshdan kechirayotgan tanazzuldan qutulish uchun AQShning quvvatlovi muhim, deydi. Bu masalada xususiy sektor ham yordam qo’lini cho’zishi kerakligi borasida tomonlar hamfikr.

Xalqaro atom boshqarmasining Eron yadro dasturiga doir hisoboti deyarli tayyor.

Obama va Sarkozining aytishicha, Tehron xalqaro majburiyatlariga jiddiy yondashmasa bosim davom etaveradi.

AQSh Yevropaga qanday yordam bera oladi?

AQSh Yevropaga qanday yordam bera oladi?

Fransiya mezbon sammitda dunyo bo’ylab ishsizlik, xavfsizlik, ta’lim kabi boshqa masalalar ham muhokamada. AQSh rahbari bugun Argentina prezidenti Kristina Fernandez de Kirshner bilan yuzma-yuz muloqot qiladi.

AQSh-Fransiya ittifoqchiligi va NATOning Liviya missiyasi muvaffaqiyat bilan yakun topganiga bag’ishlangan tadbirlar ham rejalangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG