Katta Sakkizlik uchrashuvi murosa bilan tugadi

  • Amerika Ovozi

AQSh prezidenti Barak Obama va dunyoning eng qudratli davlatlari rahbarlari Yevropani inqirozdan olib chiqishning yo’li - ish joylarini yaratish va o’sishni ta’minlash deya ta’kidladi. Katta Sakkizlik sammiti shunday bayonot bilan yakunlandi

Vashington yaqinidagi Kemp Deyvid majmuasida ikki kun davom etgan muzokaralardan so’ng Obama sakkiz rahbar Yevropa iqtisodini tiklash uchun xarajatlarni kamaytirish yetarli emasligini e’tirof etganini bildirdi.

U, shuningdek, yagona valyuta - yevroni mustahkamlash va yevrozonada umumiy iqtisodiy siyosat olib borish kerakligi yuzasidan Sakkizlik rahbarlari yakdil ekanini qayd etdi. Obamaga ko’ra, ushrashuv xulosalaridan biri - Gretsiya yevrozonada qolishi kerak.

Xo’sh, bunday qarorlarning siyosaiy oqibatlari qanday bo’ladi?

G-8 summit

G-8 summit

Germaniya kansleri, Yevropa Ittifoqida xarajatlarni kamaytirish tarafdori Angela Merkel rahbarligidagi partiya yaqinda saylovda mag’lubiyatga uchradi. Fransiyada ham so’nggi saylovlarda aholi sarfiyatni qirqish kerak degan Nikolya Sarkozi o’rniga sotsialist Fransua Ollandni afzal ko’rdi.

AQShda ham bu yilgi prezidentlik saylovlari natijasini mamlakatdagi iqtisodiy ahvol belgilashi kutilmoqda. Obama buni tan oladi.

Katta Sakkizlik uchrashuvi kun tartibidan asosiy o’rin egallagan yana bir masala Eron bo’ldi. Bu mamlakatga nisbatan yangi sanksiyalar kiritilgan taqdirda neft kamomadi muammosini qanday hal qilish kerakligi muhokama qilindi.

“Birgalikda biz Xalqaro energetika agentligidan neft bozorlari barqarorligicha qolishini ta’minlash borasida barcha choralarni ko’rishni so’raymiz”, - dedi Obama.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG