Qaddafiy harbiy emas, iqtisodiy jazo oladi

  • Amerika Ovozi

22 davlatidan iborat Arab Ligasi ham parvozlarni taqiqlashga qarshi emasmiz deya bayonot bergan

22 davlatidan iborat Arab Ligasi ham parvozlarni taqiqlashga qarshi emasmiz deya bayonot bergan

Xalqaro hamjamiyat notinch Liviyaga harbiy emas, iqtisodiy choralar bilan ta’sir qilish tarafodir.

Dunyoning sakkiz yirik davlati diplomatlari Parijda majlis qilib, mamlakat uzra parvozlarni man qilish, harbiy chora qo’llash haqida gaplashib kelayotgan edi. Maqsad Liviyadagi qirg’inni to’xtatish.

Qaddafiy harbiy emas, iqtisodiy jazo oladi

Qaddafiy harbiy emas, iqtisodiy jazo oladi

Katta Sakkizlik AQSh, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Britaniya, Kanada va Yaponiyani o’z ichiga oladi. Guruh Qaddafiy ma’muriyatini moliyaviy jihatdan siquvga olgan ma’qul, deya xulosa qilgan.

Avvalroq Fransiya va Britaniya Liviya uzra parvozlarni man qilish kerak deb BMT Xafvsizlik Kengashiga murojaat qilgan edi.

Rossiyaning BMTdagi elchisi Vitaliy Churkin fikricha, biror qaror qabul qilishdan oldin vaziyatni sinchiklab o’rganish kerak.

Qaddafiy harbiy emas, iqtisodiy jazo oladi

Qaddafiy harbiy emas, iqtisodiy jazo oladi

“Liviyadagi ahvolni yanada qiyinlashtirib qo’yishimiz mumkin”, - deydi Vitaliy Churkin.

Germaniya ham ikkilanganlar sirasida edi. “Afrikada urush domiga tortilish niyatimiz yo’q”, -deydi Tashqi ishlar vaziri Gvido Vertervelle.

22 davlatidan iborat Arab Ligasi ham parvozlarni taqiqlashga qarshi emasmiz deya bayonot bergan. Lekin BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi, qarorlarni to’sish huquqiga ega Xitoy e’tiroz bildirgan.

Eron prezidenti Mahmud Ahmadinajod nazarida xorij harbiylari vaziyatni yanada izdan chiqarishi aniq.

Qaddafiy harbiy emas, iqtisodiy jazo oladi

Qaddafiy harbiy emas, iqtisodiy jazo oladi

AQShda ko’zga ko’ringan ikki senator Obama ma’muriyatidan Liviya muxolifatini tan olishni so’ragan.

Ular mamlakatda harbiy samolyotlar uchishini man qilish, avtoritar rahbar Muammar Qaddafiyga qarshi olishayotgan fuqarolarga yordam berish tarafdori.

Respulikachi senator Jon Makkeyn va demokrat Jo Liberman mana shu takliflar bitilgan hujjatni Senat muhokamasiga taklif qilgan.

“Liviyada xalq jabr tortmoqda”, - deydi Jon Makkeyn. “Qaddafiy fuqaroga qarshi ayovsiz urush boshlagan”, - deydi u.

Senator fikricha, Qo’shma Shtatlar bir chetda qarab tura olmaydi.

Qaddafiy harbiy emas, iqtisodiy jazo oladi

Qaddafiy harbiy emas, iqtisodiy jazo oladi

“Prezident Obama Bing’ozida asoslangan muvaqqat hukumatni tan olsin”, - deydi Makkeyn. Uning aytishicha, parvozlarni man qilish mojaroni butunlay hal qilmasligi mumkin, har holda tomonlar teng kurash olib borishi mumkin.

Senator Jo Liberman fikricha, xalq ozodlik talab qilishga haqli.

“Arab dunyosida ro’y bergan qo’zg’olonlar, erkinlik shukuhi Liviyada poyoniga yetishi mumkin. Bunga yo’l qo’ya olmaymiz”, - deydi senator.

Urush Liviya neft eksportiga ham ta’sir qilgan. Mamlakat dunyo yonilg’isining 2 foizini yetkazib beradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG