Xalqaro hamjamiyat Liviya borasida bir to’xtamga kela olmayapti


Xalqaro hamjamiyat Liviya borasida bir to’xtamga kela olmayapti

Xalqaro hamjamiyat Liviya borasida bir to’xtamga kela olmayapti

Liviyada Muammar Qaddafiy qo’li ostidagi armiya hujumidan talofat ko’rgan isyonchi guruhlar chekinishga majbur.

Ras Lanuf neft bandargohi hukumat nazoratiga o’tgan. Muxolifat poytaxt Tripoli yaqinidagi strategik Zaviya shahri uchun oxirigacha kurashib, uni ham boy berdi.

Liviyada fuqaro urushi boshlanib ketganiga shubha yo’q. BMT hisobiga ko’ra, hozirgacha mingdan ziyod odam halok bo’lgan, 250 ming kishi mamlakatdan bosh olib ketgan.

Xalqaro hamjamiyat Liviya borasida bir to’xtamga kela olmayapti

Xalqaro hamjamiyat Liviya borasida bir to’xtamga kela olmayapti

Jang maydonidagi talofatlarga qaramasdan, Liviya muxolifati o’z muvaqqat kengashi Fransiya tomonidan tan olinganini tantana qilmoqda. Bing’ozi shahridagi bu ma’muriyatni sobiq adliya vaziri Mustafo Muhammad Abdu Jalil boshqarmoqda.

Shunisi aniqki, 42 yillik rahbar Muammar Qaddafiy hokimiyatdan ketmoqchi emas. AQSh razvedka xizmati tahlilicha, hukumat isyonchilar bilan hech qachon murosa qilmaydi, urushda Qaddafiyning qo’li baland kelmoqda.

Xalqaro hamjamiyat Liviya borasida bir to’xtamga kela olmayapti

Xalqaro hamjamiyat Liviya borasida bir to’xtamga kela olmayapti

Qaddafiy diplomatik jabhada ham faolligini oshiryapti. Arab Ligasi majlisida qatnashish uchun Qohiraga delegatsiya jo’natgan.

Liviya masalasi Birlashgan Millatlar Tashkilotida deyarli har kuni muhokamada. Lekin biror konkret qaror qabul qilinmagan.

Tinch aholiga qarshi qirg’inni to’xtatish uchun Qo’shma Shtatlar yetarlicha harakat qilmayapti, degan tanqidlar asossiz, deydi rasmiylar.

“Qaddafiyni moliyaviy va boshqa resurslardan ayirib, uni yakkalab qo’ydik. Harbiy va noharbiy usullar bilan unga bosimni oshiryapmiz. AQSh va ittifoqchilari xalq tarafida”, - deydi Tom Donilon, prezident Barak Obamaning xavfsizlik masalalari bo’yicha maslahatchisi.

AQSh Liviyaning sharqiy hududlariga qutqaruv guruhlarini yuborish arafasida. Ammo bu harbiy aralashuv deb ko’rilmasligi muhim, deydi Donilon.

Xalqaro hamjamiyat Liviya borasida bir to’xtamga kela olmayapti

Xalqaro hamjamiyat Liviya borasida bir to’xtamga kela olmayapti

Liviya uzra harbiy parvozlarni taqiqlash ham muhokamada. Hozircha NATO O’rtayer dengiziga qo’shimcha kemalarni safarbar etish bilan cheklanmoqda.

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton kelasi hafta Yaqin Sharqqa safar qilib, Liviya muxolifati a’zolari bilan muloqot qiladi. Bu davlatning Vashingtondagi elchixonasida Qaddafiyning vakillari tan olinmaydi.

Yevropa Ittifoqi Liviyaga qarshi sanksiyalarni yanada kuchaytirishga qaror qilgan. Blok tashqi ishlar vazirlari bugun Bryusselda majlis qilayapti.

Fransiya hatto Bing’ozi shahridagi muvaqqat hukumat bilan elchi almashishga kelishib olgan.

Portugaliya Tashqi ishlar vaziri Luish Amado deydiki, Qaddafiy rejimi tugadi hisob.

“Tripoli bilan sulh va tinchlik, shuningdek, mamlakat yaxlitligini saqlab qolish xususida dialog boshlash kerak”.

XS
SM
MD
LG